Aleksandr Xomyakov: "Afsuski, ko'p gol o'tkazib yubordik"
04 okt 21:57
Yangiliklar


Aleksandr Xomyakov: "Afsuski, ko'p gol o'tkazib yubordik"
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yinimizga kelib bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat. Bugun ishqibozlarimiz yaxshi dalda berib turishdi. Afsuski, ularning ishonchini oqlay olmadik. Yaxshi sifatdagi jamoa bilan o'ynash oson bo'lmadi. Tezkor gol urishni maqsad qilgandik, bu ham o'xshamadi. Vaziyatlar yaratdik, lekin to'pga yakuniy zarbani bera olmadik. Ikkinchi taymda nimanidir o'zgartirishga harakat qildik. Bizga gol kerak edi. Bugun hujum va himoyadagi muvozanatni topa olmadik. Raqib esa birin-ketish gollar urishda davom etdi. Afsuski, ko'p gol o'tkazib yubordik. Haqli g'alaba bilan "Paxtakor"ni tabriklayman. Meni xursand qilgan jihati, futbolchilarimiz oxirigacha qo'lni tushirmadi.
- Bugun Frane Ikich maydonga tushmadi. Himoyada uning yo'qligi bilindimi?
- Himoyada boshqalar harakat qildi va o'zlarini ko'rsatishga intilishdi. Bugun Nodirbek Ahmadjonov himoyada o'ynadi va biroz tajriba etishmadi. Ayniqsa bu ikkinchi golda bilindi. Lekin bu - futbol, tajriba sekin-asta oshib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar