Janni Infantino: "Shavkat Mirziyoevning futbolga bo'lgan muhabbati so'nggi ikki yil ichida yanada kuchayganini ko'rib xursand bo'ldim"
09 sen 11:52
Yangiliklar
Janni Infantino: "Shavkat Mirziyoevning futbolga bo'lgan muhabbati so'nggi ikki yil ichida yanada kuchayganini ko'rib xursand bo'ldim"
"Men Prezident Shavkat Mirziyoevning qo'lidan O'zbekistonning nufuzli "Do'stlik" ordenini olish sharafiga muyassar bo'ldim, Toshkentda muhim muzokaralar olib bordik, jumladan, ushbu shaharda mintaqaviy vakolatxona ochish imkoniyatini samimiy qabul qildim.
2023 yilda Prezident Shavkat Mirziyoev bilan uchrashganimdan so'ng uning futbolga bo'lgan muhabbati so'nggi ikki yil ichida yanada kuchayganini ko'rib xursand bo'ldim. Men unga minnatdorlik bildirdim, chunki u O'zbekistonda futbol rivojiga ko'rsatayotgan qo'llab-quvvatlagani uchun haqli ravishda katta etirofga loyiqdir. Erkaklar terma jamoasining Jahon chempionatiga ilk bor chiqishi uning sportdagi etakchiligi va futbolga etiborini yaqqol aks ettiradi.
Men Shavkat Mirziyoevdan vaqt ajratgani, mehmondo'stligi uchun hamda o'zbek futbolini rivojlantirish va xalqaro maydonda targ'ib etishga qo'shgan hissamni oliy davlat mukofoti bilan etirof etgani uchun minnatdorlik bildiraman. Unga va uning mamlakatiga kelasi yilgi futbol bo'yicha jahon Jempionatida va barcha sport ishlarida muvaffaqiyat tilayman. Sportimizni o'g'il-qizlarning o'z orzulariga erishish vositasiga aylantirish borasidagi say-harakatlaringizda FIFA hamisha siz bilan birga bo'ladi", – dedi Infantino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar