So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Ro'ziqul Berdiev: "Raqibga hech qanday bosim o'tkazmadik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Raqibga hech qanday bosim o'tkazmadik"

Superliga 24-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Nasaf" (2:2) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik. "Bunyodkor" tanaffusga qadar hech qanday bosimsiz o'ynadi. Xato tufayli gol ham o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda esa faollashdik va vaziyatlar yarata boshladik. Bugun g'alabaga yaqin kelgandik, agar penaltidan foydalana olganimizda. Biroq penaltidan keyin "Bunyodkor" o'z vaziyatiga ega bo'ldi. Bugun ochiq o'yin bo'ldi", - dedi Ro'ziqul Berdiev bahs yakunlangach.

- "Nasaf" ancha vaqtdan so'ng ilk marta ochko yo'qotdi. "Al Hilol"ga qarshi o'yin jamoaga tasir qildimi? Yani futbolchilar to'liq tiklanib ulgurmagandek...

- Charchoq borligi sezildi. "Bunyodkor" birinchi bo'limda ancha tetikroq edi. Tanaffusdan keyin esa ikki jamoaning jismoniy holati teng bo'lib bo'lgani biz sal engilroq harakatlandik. So'nggi uchrashuvlarda asosiy futbolchilarimizni jarohat tufayli yo'qotyapmiz. Bugun Sharof jarohat oldi. O'tgan o'yinda Javohir. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak.



- Birinchi bo'limda hisob teng bo'lib turganida "Bunyodkor" himoyachilari o'z darvozasi yaqinida pas o'ynadi. "Nasaf" futbolchilari esa o'sha vaziyatda umuman raqibga bosim qilmadi. Bunga sabab nima? Jamoa yuqori pressing qo'llayotganida "Bunyodkor" uzun paslar orqali hujumga o'tib ketish xavfi bormidi?

- Raqibga har doim bosim o'tkazish kerak. Biz esa raqibga hech qanday bosim o'tkazmadik. "Bunyodkor" bemalol pozicion hujumlarini boshlay oldi. Shu sababli hisobni ochdi ham. Ikkinchi bo'limda esa sxemani o'zgartirdik. Yigitlarga yutqazishga haqqimiz yo'qligini takidladik.

- Nematov so'nggi uchrashuvlarda ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Nematovga raqobatchi yo'qligi bunga sabab emasmi?

- Tavakkal qilishga haqqimiz yo'q. Vorobey ancha vaqtdan buyon o'yin amaliyotisiz. Nafaqat Abduvohid, balki boshqa futbolchilarimizning o'yinida ham pasayish sezilmoqda.

Reyting: -6   

Fikrlar

+2   
05 okt 00:41:14
Shaxzodbek Yusupov
Nematov bu holga kelishiga Nasaf murabbiylar shtabi aybdor. Futbolchi oʻzini alishtirib boʻlmas deb his qila boshlasa formasini yaxshi saqlay olmaydi. Ukrainga 1 marta imkon berdi Paxtakor bilan 6:3 da. Keyin faqat Nematov tushyapti. Ertaga termada ham sharmanda qilmasa hali bu. Ergashevi qoʻyovrish kerak termada hozirgi Ruhiy holati yaxshi emas Nematovni
+1   
05 okt 12:58:26
Izzatillo89!
Яхшидур аччик Хакикат foydalanuvchining fikriga javob berish
Кападзе Нематовни асосийда ўйнатади. Тезроқ янги мураббий келиб ўйин видеоларини кўриб муносиб номзодни танласинда. Бўлмаса холимизга маймунлар йиғлаши турган гап.
Kanavarro kopadzedan 40 barobar kup olarkan. Bu pullarga qancha yahshi ish qilsa bo‘ladi. Xalqimizda manqurtlar kupayib ketti Katanetzqul. Ko‘zilarni ochilar. Bizga qimmat murabbiy keremas.
+1   
05 okt 09:14:39
Шухрат
Черан нега уйнаябди деб суранглар бу ярим миядан
+1   
05 okt 08:25:33
SHAMAN-2016
Наъматовни шу холатга келишига узинш айбдорсан, купрок эркалатинг уйинчиларни. Яхшиси Черан билан Неъматовни олгинда сур Насафдан
+1   
05 okt 07:00:27
Davron Jenjayev
Shaxzodbek Yusupov foydalanuvchining fikriga javob berish
Nematov bu holga kelishiga Nasaf murabbiylar shtabi aybdor. Futbolchi oʻzini alishtirib boʻlmas deb his qila boshlasa formasini yaxshi saqlay olmaydi. Ukrainga 1 marta imkon berdi Paxtakor bilan 6:3 da. Keyin faqat Nematov tushyapti. Ertaga termada ham sharmanda qilmasa hali bu. Ergashevi qoʻyovrish kerak termada hozirgi Ruhiy holati yaxshi emas Nematovni
tugri fikr eslasengiz yusupuvdaxam shunde xolat bulgandi
+1   
05 okt 02:22:00
barselona7
Буни ўзимиз ҳам кўрдик ўйинда. Аммо нима учун нима сабабдан шундай бўлди?
+1   
05 okt 02:07:35
Яхшидур аччик Хакикат
Shaxzodbek Yusupov foydalanuvchining fikriga javob berish
Nematov bu holga kelishiga Nasaf murabbiylar shtabi aybdor. Futbolchi oʻzini alishtirib boʻlmas deb his qila boshlasa formasini yaxshi saqlay olmaydi. Ukrainga 1 marta imkon berdi Paxtakor bilan 6:3 da. Keyin faqat Nematov tushyapti. Ertaga termada ham sharmanda qilmasa hali bu. Ergashevi qoʻyovrish kerak termada hozirgi Ruhiy holati yaxshi emas Nematovni
Кападзе Нематовни асосийда ўйнатади. Тезроқ янги мураббий келиб ўйин видеоларини кўриб муносиб номзодни танласинда. Бўлмаса холимизга маймунлар йиғлаши турган гап.
   
05 okt 09:04:43
Тўлқин Хайит
Бу кетишда бу йил ҳеч воқосиз қолишларинг аниқ. Балки мақсад ҳам шудир.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика