Imeda Ashortia: "Futbol faqat gol urish va golli uzatma berishdan iborat emas"
05 okt 02:13
Yangiliklar
Imeda Ashortia: "Futbol faqat gol urish va golli uzatma berishdan iborat emas"
Superliga 24-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Nasaf" (2:2) o'yinidan so'ng mezbonlar o'yinchisi Imeda Ashortia saytimizga kichik intervyu berdi.
O'yin haqida fikringiz...
Menimcha, tomosha qilishga arzigulik o'yin bo'ldi, chunki ikkala jamoa ham yaxshi va hujumkor futbol namoyish etdi. Shu bois, har ikki tomon ham ko'proq gol urish imkoniyatiga ega bo'ldi. O'ylaymanki, o'yinni ko'rish uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislar bundan juda mamnun bo'lishdi.
Bugun Superligadagi beshinchi golingizni urdingiz. Mavsumdagi natijangizdan qoniqdingizmi?
Bilasizmi, gol urish doim yaxshi, ammo futbol faqat gol urish yoki golli uzatma amalga oshirishdan iborat emas. Eng muhimi – jamoaga yordamingiz tegishi. Ammo gol urgan lahza, albatta, o'zgacha his-tuyg'u paydo bo'ladi. Ayniqsa, hujumchiga yanada ko'proq ishonch bag'ishlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar