So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  37 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  4 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  62 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Superliga. Penaltidan gol urilmagan "Bunyodkor" va "Nasaf" uchrashuvida ketma-ket uchinchi marta 2:2 hisobi qayd etildi Yangiliklar

Superliga. Penaltidan gol urilmagan "Bunyodkor" va "Nasaf" uchrashuvida ketma-ket uchinchi marta 2:2 hisobi qayd etildi

Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga. 24-tur

"Bunyodkor" – "Nasaf" 2:2

04.10.2025. "Olimpiya" stadioni.

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Avaz Abdullaev

Zaxira hakami: Farruh Yusupov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Danil Yacenko

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: 1:0 – 14, Imeda Ashortia, 1:1 – 20, Alibek Davronov (Oybek Bozorov), 2:1 – 41, Amir To'raqulov (Asadbek Rahimjonov), 2:2 – 58, Husayn Norchaev (Oybek Bozorov)

"Bunyodkor": 22.Valijon Rahimov, 4.Najmiddin Normurodov, 77.Muzaffar Olimjonov (8.Martin Shroler, 74), 15.Marko Bugarin, 2.Nikoloz Mali (5.Aleksandr Zevadinov, 74), 23.Asadbek Rahimjonov (10.Rasul Yo'ldoshev, 80), 66.Azizbek To'lqinbekov, 25.Itsuke Urata, 11.Temirxo'ja Abduxoliqov (28.Matiya Krivokapich, 68), 57.Amir To'raqulov, 9.Imeda Ashortia (21.Nosir Abdusalomov, 74)

Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 18.Narimon Ahmadjonov, 17.Ollobergan Karimov, 54.Mirkomil Murodov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 34.Sherzod Nasrullaev, 92.Umar Eshmurodov, 14.Sharof Muhiddinov (5.G'olib G'aybullaev, 11), 10.Dragan Cheran (20.Yusuf Otubanjo, 70), 77.Oybek Bozorov (22.Igor Golban, 90+3), 24.Sardor Bahromov, 19.Stefan Cholovich (8.Zafarmurod Abdurahmatov, 46), 18.Husayn Norchaev

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 33.Bahodir Xalilov, 71.Javohir Ubaydullaev, 17.Suhrob Nurulloev, 55.Diyor Abdunazarov

Ogohlantirishlar: Nikoloz Mali (6), Amir To'raqulov (90+4), Itsuke Urata (90+4)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+5. "Nasaf" futbolchisining jarimadan yo'llagan zarbasi to'sin va darvoza chizig'i tutashgan nuqtaga tegib qaytdi. Hakam o'yinni davom ettirishga ishora qildi.

90+4. Norchaevni yiqitgan "Bunyodkor" futbolchisi ogohlantirildi. Jarima zarbasi.

90+3. "Nasaf"da o'zgarish.

90+1. Norchaevning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

Qiziq tomoni, jamoalarning Superligadagi bundan avvalgi ikki to'qnashuvida ham 2:2 hisobi qayd etilgandi.

87. Krivokapich ketma-ket ikki vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

85. Valijon Rahimov Husayn Norchaev tepgan penaltini qaytardi! Hisob o'zgarmadi – 2:2!

83. Bozorov "Bunyodkor" jarima maydonida yiqitildi, hakam penalti belgiladi. 

80. "Bunyodkor"da o'zgarish.

78. Abdurahmatovning zarbasi noaniq.

74. "Bunyodkor"da birato'la uch o'zgarish.

74. Norchaevning yana bir zarbasi noaniq ketdi.

72. Norchaev yo'llagan kuchli zarbani Rahimov egalladi. 

70. "Nasaf"da o'zgarish. Cheran o'rniga Otubanjo tushdi.

68. "Bunyodkor"da o'zgarish. Abduxoliqov o'rniga Krivokapich tushdi.

66. G'aybullaev tepgan to'pni Rahimov egalladi.

62. To'lqinbekovning olisdan yo'lllagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

58. GOL! Norchaev hisobni tenglashtirdi! "Nasaf" hujumchisi Bozorovning uzatmasini bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!

58. Nasrullaevning zarbasidan so'ng to'p raqibga tegib, maydonni tark etdi.

57. Mezbonlarning tomonidan yo'llangan zarbani Nematov egalladi.

53. "Nasaf"ning standart vaziyati besamar yakunlandi.

51. Ashortianing raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

50. Bahromovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

49. Nematov oldinga chiqib, to'p uchun kurashga kirishdi va noqulay yiqildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Nasaf"da o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

41. GOL! Amir To'raqulovdan supergol! "Bunyodkor" futbolchisi avvalgi turda ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygandi.

38. Nasrullaevning chap qanotdan uzatmasini Bugarin bartaraf etdi.

35. Oxirgi 5-6 daqiqada o'yin, asosan, maydon markazida o'tdi.

29. Cholovichning zarbasi noaniq.

28. To'lqinbekovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

25. Bozorovning zarbasini Rahimov ushlab oldi.

20. GOL! "Nasaf" hisobni tenglashtirdi! Burchakdan uzatilgan to'pni yuqori sakragan Alibek Davronov bosh bilan raqib darvozasiga joyladi!

18. "Nasaf" standart vaziyati Davronovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

14. GOL! "Nasaf" himoyachilarining xatosidan unumli foydalangan Imeda Ashortia jarima maydoni ichida kuchli va aniq zarba yo'llab, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi!  

11. "Nasaf"da majburiy o'zgarish. G'aybullaev Muhiddinov o'rniga tushirildi.

9. Muhiddinovga tibbiy yordam ko'rsatildi. Nasrullaevning uzatmasini Urata bartaraf etdi.

6. Mali qo'pollik uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

5. Bozorovning chap qanotdan uzatmasini Rahimov urib yubordi.

3. "Nasaf"ning kombinacion hujumi Norchaevning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

1. Uchrashuvga start berildi.

O'yin Sergey Arslonov vafoti tufayli bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "Nasaf" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

+9   
04 okt 22:03:35
Karaev Mansur
Насап учун Хар уйинда пенальти накд
+8   
04 okt 20:10:23
Sirli.
BBugun Bjnyodmor g‘alaba qozonsa bu Neftchi uchun ham g‘alabaga tenv.
+7   
04 okt 19:54:20
Фарход
Stadion uz да жонли курсатаяпти, факат шархловчи йук. Чиройли гоооол урди Бунёдкор уйинчиси.
+6   
04 okt 22:02:40
Karaev Mansur
Насап учун Хар уйинда пенальти накд
+6   
04 okt 21:21:45
Azim Ismailov
Бунёдкор охирида ютиб кетиши хам мумкин эди дуранг адолатли булди
+6   
04 okt 21:04:56
Isroiljon Qosimov
Насаф гол ургунча бўларкан ўйин
+6   
04 okt 19:40:58
Жахонгир-9
Насафда химоя нол га тушиб кетган.Хужум хам умуман йук.Манимча негадир Насаф чемпионликни хам хохламаяпди.
+5   
04 okt 21:50:04
Sanjar-sanjar
Nasaf yana penalti tepdimi
+5   
04 okt 21:49:43
Sanjar-sanjar
Nasafga yana penalti qi'yib berishdimi
+5   
04 okt 21:14:38
nurali soatov
Хуллас насаф утриб куйди. Хали пахтакорга ва навбахорга боради. Биз майдонда кимни курамиз рузикул бердиевни чунтаги учун уйнайдиган черанними еки факат етоги ва еб ичаринми берса текинга уйнайдиган негрними. Кимга ишонамиз узи. Норчаев ва бозоров кетса насаф бир тийинга киммат камандага айланиб коларкан. Химоя умуман минус. Ярим химоя хам шу ахвол. Номи улуг биронта уйинчини айтинглар кани ким бор
+5   
04 okt 20:38:12
Комил
Насафда Черансиз ўйнайолмайди шекилли Рузикул захра яратиш бўйича ишламай қўйибди Насафни куни 40 ёшли футболчига қолган бўлса.
+5   
04 okt 20:33:30
1987
Бунёдкорга омад
+5   
04 okt 20:12:42
barselona7
A.S.А foydalanuvchining fikriga javob berish
Нефтгаз учун кушимча юк булаетган бунедкорга факат Насафдан очко олиб бериш харакатида булишади тахминимча. Бошка жамоаларга кучи хам сузлари етмаса керак. Сценарий муаллифлари ОЧЛни хам хисобга олишмабдида....
Бугун Бунёдкорга очко умуман керак эмас. Бугун Насаф очко йўқотиши муҳим. Сценарийдаги асосий ғоя Бунёдкор очко олиши эмас Насаф очко йўқотиши.
+5   
04 okt 20:00:47
uzb
Бахром Турсунов foydalanuvchining fikriga javob berish
Ютубду ўйин силкаси борми
Ютубга кериб прямой транлациялар булимига утинг,чиқади
+5   
04 okt 19:59:51
Комил
Насаф бир хил ўйин кўрсатмаяпди. Нефтчи, Динамо, Пахтакор чемпионликка лойиқ ўйин кўрсатмоқда.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика