Yusuf Otubanjo nima sababdan Armanistondagi singari ko'p gol ura olmayotganiga izoh berdi
05 okt 02:51
Yangiliklar


Yusuf Otubanjo nima sababdan Armanistondagi singari ko'p gol ura olmayotganiga izoh berdi
Superliga 24-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Nasaf" (2:2) o'yinidan so'ng mehmonlar o'yinchisi Yusuf Otubanjo saytimizga kichik intervyu berdi.
O'yin haqida fikringiz...
Guvohi bo'lganingizdek, qiziq o'yin bo'ldi, imkoniyatlar ko'p bo'ldi, hammasidan foydalana olmadik. Bunday holatlar uchrab turadi, futbol shunisi bilan qiziq.
Siz Armanistonda ikki mavsum to'purar bo'lgansiz. O'zbekistonda bu natijaga nima to'sqinlik qilmoqda?
Armaniston ligasi va O'zbekiston ligasi haqida gapiradigan bo'lsak, ular mutlaqo ikki xil liga, shunday emasmi? Men u erda to'purar bo'ldim, chunki jamoada uzoq vaqt o'ynadim. Bu erda ham madaniyatni, odamlarni, ligani o'rganishga harakat qilyapman. Biroz farqlarni ko'ryapman, lekin vaqt o'tishi bilan, jamoaga moslashib, barchasi yaxshi bo'lishiga ishonchim komil.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar