So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Donald Tramp O'zbekiston MTJga JCHda omad yor bo'lishini tiladi Yangiliklar

Donald Tramp O'zbekiston MTJga JCHda omad yor bo'lishini tiladi

5 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.

O'zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari batafsil ko'rib chiqildi.

Suhbat avvalida AQSH Prezidenti so'nggi yillarda Yangi O'zbekistonda iqtisodiyotni modernizaciya qilish va aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni yuksak baholadi va qo'llab-quvvatladi.

Davlat rahbari, o'z navbatida, Prezident Donald Trampni AQSH mamuriyati olib borayotgan ichki va tashqi siyosatning ulkan natijalari bilan samimiy tabrikladi. Amerika tomonining xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo'l bilan hal qilish, global xavfsizlik va barqarorlikni taminlashga qo'shayotgan hissasi va say-harakatlari alohida qayd etildi.

Ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirishga alohida etibor qaratildi.

Ustuvor tarmoqlarda biznes kooperaciya loyihalarini ilgari surish va savdo bitimlari hajmini tubdan oshirish masalalari ko'rib chiqildi.

Takidlash joizki, so'nggi yillarda o'zaro savdo ko'rsatkichlarining barqaror o'sishi kuzatilmoqda. 2024 yilda tovar ayirboshlash 15 foizga oshdi.

Istiqbolli kooperaciya loyihalari portfeli fuqaro aviaciyasi, muhim mineral resurslar, elektrotexnika sanoati, energetika, qishloq xo'jaligi, raqamli texnologiyalar, moliya, innovaciyalar, talim va ko'plab boshqa yo'nalishlarni qamrab olgan.

Shu oyda AQSHning etakchi kompaniya va tashkilotlari bilan uzoq muddatli va barqaror sheriklik aloqalarini yo'lga qo'yish maqsadida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o'tkazilishi takidlandi.

Bundan tashqari, xavfsizlik sohasida, eng avvalo, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migraciyaga qarshi kurashish borasida samarali hamkorlik qilinmoqda.

Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda. Toshkentda AQSHning etakchi oliy talim muassasalari filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Kelgusi yili AQSHda bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor ishtirok etishi mamnuniyat bilan qayd etildi. AQSH etakchisi futbol terma jamoamizga chin dildan omad tiladi.

Telefon muloqoti chog'ida davlat rahbarlari dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSHning “C5+1” shaklidagi mintaqaviy hamkorligini chuqurlashtirish yuzasidan ham fikr almashdilar.

Davlatimiz rahbari Prezident Donald Trampni o'zi uchun qulay muddatda O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Amaliy hamkorlik bo'yicha loyiha va dasturlarni ilgari surish maqsadida oliy darajadagi muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va AQSH Prezidenti Donald Trampning telefon orqali muloqoti ochiq, konstruktiv va do'stona ruhda o'tdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика