So’nggi yangiliklar

01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  2 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  5 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  3 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  31 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  18 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  11 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  63 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  303 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  6

SHavkat Mullajonov: “Al-SHaab”ning taklifiga rozilik bildirdim” Yangiliklar

SHavkat Mullajonov: “Al-SHaab”ning taklifiga rozilik bildirdim”

So'ngi bir yarim mavsum davomida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi safida to'p tepgan SHavkat Mullajonov kecha, 6 yanvar kuni, SHarjaning “Al-SHaab” klubi bilan shartnoma imzoladi.

30 yoshli markaziy himoyachimiz BAA chempionatining ikkinchi qismida endi sharjaliklar tarkibida harakat qiladi.

Italiyalik mashhur sobiq darvozabon Valter Dzenga bosh murabbiyligidagi “Al-SHaab” Mullajonovning hisob bo'yicha to'rtinchi xorijiy klubidir. U bungacha Qatarning “Al-Ahli” (2010/2011ning 2-yarmi, 2011/2012), Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” (2012/2013ning 1-yarmi) hamda Xitoyning “Lyaonin Vuvin” (2013) jamoalarida o'ynagan.

- Men, o'ylab qarasam, oxirgi bor maydonga 25 sentyabr kuni tushgan ekanman, - deydi yangi legionerimiz. – Bu voqeaga uch oydan ortiq vaqt bo'libdi. Ikkinchi davrada, malum sabablarga ko'ra, men “Lokomotiv”da o'yin amaliyotisiz qolib ketdim. Yangi mavsum boshlanishiga ham hali yana ikki oy bor. Orada ushbu katta bo'shliq paydo bo'lgani uchun ham men, garchi “Al-SHaab” ligada qolish uchun kurashayotgan autsayderlardan bo'lsa-da, arablar taklifiga rozilik bildirdim. Menga ayni damda o'yin amaliyoti hamda musobaqalashuv jarayoni judayam zarur edi. Etibor bersangiz, meni, garchi “temiryo'lchilar” safida mavsum so'ngida aksariyat vaqtimni zaxira o'rindig'ida o'tkazgan bo'lsam-da, milliy terma jamoamizga muntazam ravishda chaqiraverishdi.

Futbolchining agenti Sanat SHaripov ham ayni sharoitda Mullajonovga rasmiy uchrashuvlar ayni muddaoligini takidladi:

- SHavkat Mullajonov katta tajribaga ega himoyachi. U mudofaaning markazida ham, o'ng qanotda ham bemalol to'p sura oladi. O'zbekiston terma jamoasi ro'yxatidan hamisha o'rin oluvchi futbolchilardan. “Al-SHaab”ni oldinda kuchlilar safida jon saqlab qolish uchun kechadigan ayovsiz kurash kutib turibdi. Aynan shunday bahslarda SHavkat bu erda katta sinovdan o'tadi. Bu holat u uchun qo'shimcha imkoniyat: agar shu yarim yil mobaynida u o'zini yaxshi tarafdan ko'rsata olsa, kelgusi mavsumni himoyachimiz balandroq darajadagi boshqa klubda boshlashi mumkin. Bu esa Mullajonov o'z-o'zidan O'zbekiston milliy terma jamoasi safidagi muqim o'rnini yaqin orada yana o'zida ushlab qolishi ehtimoli kattalashadi degani. Niyat qilamizki, nima bo'lganda ham, bu o'zgarish terma jamoamiz manfaatiga xizmat qiladi.

Muxlislar yaxshi bilishadi, 2013/2014 yillardagi mavsumning ikkinchi yarmida “Al-SHaab” sharafini hamyurtimiz Oybek Qilichev ham himoya qilgandi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика