UEFA Isroilni chetlatishga tayyor, ammo...
29 sen 22:01
Yangiliklar


UEFA Isroilni chetlatishga tayyor, ammo...
Bundan avval UEFA ijroiya komitasi azolarining "ko'pchilik" qismi Isroilni chetlatish g'oyasini qo'llab-quvvatlagani xabar qilingan edi. Qaror bu hafta qabul qilinadi.
The Guardian malumotlariga ko'ra, chetlatish holatida Isroil jamoalari faqat UEFA nufuzli turnirlaridan chiqarib yuborladi – shu tariqa, bu mavsumda Isroilning erkaklar va ayollar terma jamoalari Millatlar ligasida chetlatiladi, "Makkabi" Tel-Aviv esa Evropa ligasini tark etadi. Evropa futbolining boshqaruv organi Isroil terma jamoasini JCH-2026 saralashidan chiqarishni talab qilmaydi, chunki bu saralash FIFA tomonidan o'tkaziladi.
Hozirgi vaqtda Isroil terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralashi I guruhida 5ta o'yinda 9 ochko to'plab, uchinchi o'rinda turibdi. Kelayotgan xalqaro tanaffusda jamoa Italiya va Norvegiya terma jamoalari bilan o'ynashi kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Adolatni haqqoniysini u dunyoda kuramid