Bir o'yin tarixi. 2006 yilga qaytamiz. "Al Hilol"ning Qarshiga birinchi tashrifi qanday yakun topgan?
29 sen 13:25
Yangiliklar


Bir o'yin tarixi. 2006 yilga qaytamiz. "Al Hilol"ning Qarshiga birinchi tashrifi qanday yakun topgan?
Osiyo grandi o'z tarixida ikkinchi marotaba Qashqadaryoga keladi. "Al Hilol" ilk bor 2006 yilgi OCHL guruh bosqichida Muborakda "Mashal" bilan to'qnash kelgan. Qarshidagi "Mehnatchi" stadionida o'tkazilgan o'yinda "Mashal" raqibini 2:1 hisobida dog'da qoldirgan. Jamoa 2005 yil O'zbekiston chempionatida ikkinchi o'rinni olgan holda tarixida ilk bor OCHL chiptasini qo'lga kiritgandi. Ularga guruh bosqichida "Al Ayn", "Al Hilol", "Al Mina" raqiblik qilgan. Bu kvartetda "Mashal" 8 ochko jamg'argan. U paytda turnir formatiga ko'ra faqatgina guruh g'oliblarigina keyingi bosqichga chiqar, shu bois "Al Hilol" 10 ochko bilan ikkinchi o'rinda qolib ketgandi. "Al Ayn" esa 13 ochko bilan guruh peshqadami bo'lgan.
OCHL-2006. Guruh bosqichi.
26.04.2006. 15:00, Qarshi "Mehnatchi" stadioni
"Mashal" - "Al Hilol" 2:1
Gollar: Botir Qorev 50, Zafar Xolmurodov 82 - Abdulla Al Dosari 90+2
"Mashal": Pavel Butenko, Hamza Karimov, Dilyaver Vaniev, Botir Qoraev, Kamoliddin Kenjaev, Anvar G'ofurov, Anatoliy Ostap (Jahongir Jiyamurodov,46) Rustam Qodirov (Zafar Xolmurodov,57) Rashid G'ofurov (Viktor Klishin,85) Jasur Hasanov, Shuhrat Mirxoldirshoev
"Al Hilol": Fahad Al Shammari, Abdulaziz Abduassalam, Abdulaziz Al Hiloli, Fahed Al Mofarji, Kamel Musa, Marselo Tavares, Meshal Al Muri, Ahmad Al Suvail, Abdulla Al Dossari, Sulton Al Bargan, Jovanni
"Bu o'yin kechagidek esimda. Muborakdagi stadion talabga javob bermagani uchun guruhdagi 3 ta o'yin ham Qarshida o'tkazilgan. "Mashal"da "Navbahor"dan ko'chib kelgan futbolchilar Shuhrat Mirxoldirshoev, Rashid G'ofurov, Jasur Xasanov, Xayrulla Karimovlar bor tarkib edi. Botir Qoraev va Zafar Xolmurodov "Nasaf"dan ijaraga olingan. Bu "Mashal" tarixidagi eng kuchli tarkibi edi. Qarshida katta bayram bo'lgandi",- deydi hamkasbimiz Aziz Nuriy.
"Qaysidir o'yinlar esimda. Guruhimizda Saudiya Arabistoni, BAA, Iroq jamoasi bor edi. Birinchi o'yinda 1:0 hisobida g'alaba qozongandik, Zafar Xolmurodov gol urgan. BAA jamoasi bilan 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdik. Tarkibimiz kuchli va yaxshi futbolchilardan iborat edi. Tabiiyki, har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqar edik. Lekin bu futbol, nimadir sabab bo'ladi. Masalan, "Real Madrid"ning tarkibi kuchli futbolchilardan iborat bo'lsada hech kim sizga natijani kafolatlay olmasdi. Har bir natijani o'yindan so'ng tahlil qilib sababini bilish mumkin. Oldinda ko'ra bilish juda qiyin. "Mashal" jamoamizning shu yilgi tarkibini eslasak barcha poziciyalarda kuchli futbolchilar yig'ilgan va raqobat ham bor edi",- deydi Anvar G'ofurov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar