So’nggi yangiliklar

00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  1 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  1 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  22 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  15 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  10 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  62 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  300 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  6 18:34ФИФА пенальти қоидаларини ўзгартиришни режалаштирмоқда  7

Fevzi Davletov: "G'alaba qozonish uchun gol urish kerak, biz esa uch o'yindan buyon gol ura olmayapmiz" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "G'alaba qozonish uchun gol urish kerak, biz esa uch o'yindan buyon gol ura olmayapmiz"

Superliga 23-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" (1:0) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda jamoa ancha harakat qildi. Yuqoriroq o'ynashga harakat qildik va vaziyatlar yaratdik. So'nggi pasdagi xatolarimiz tufayli vaziyatlarni yakunlashda muammoga duch keldik. Ikkinchi bo'limda esa ko'proq himoyaga etibor berib qo'ydik. Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar ham o'yin tempini kuchaytira olmadi. O'yin yakunida esa gol o'tkazib yubordik. Himoyamiz o'sha vaziyatda hushyorroq turishi kerak edi. Sergeev gol urib ketdi. G'alaba qozonish uchun gol urish kerak, biz esa uch o'yindan buyon gol ura olmayapmiz," - dedi Fevzi Davletov bahs yakunlangach.


- Gol urilgan vaziyatda himoyachilar Sergeevni personal tarzda qo'riqlashi kerakmidi? Sergeev kabi hujumchiga imkoniyat taqdim etish juda xavfli-ku...

- Shunday. Bunday vaziyatlarda himoyachi har doim futbolchiga qarab harakatlanishi kerak. Biz o'sha vaziyatda juda yuqoriga chiqib ketdik. Himoya chizig'ini pastroq ushlashimiz kerak edi. Sergeev bitta aldamchi harakat ko'rsatdi va himoyachilardan qochib ketdi. Darvozabon ham qutqarishi mumkin bo'lgandir balki, vaziyat takrorini yana bir bor ko'rib chiqamiz. 


- "Surxon" bir necha o'yindan buyon gol ura olmayapti. Buning sababi nimada?

- Bu mahoratga bog'liq. So'nggi mavsumlarda nechta futbolchimiz qancha gol urganini ko'rsangiz, barchasini bilib olasiz. Faqatgina Rustaga bog'lanib qolish noto'g'ri. Boshqa futbolchilarga gol urishi va jamoaga yordam berishi kerak. Futbol - jamoaviy o'yin.


- Jamoa sardori Shamsiev bugun tayanch yarim himoyachi poziciyasida o'ynadi. U oldin ham ushbu ampluada o'ynagan, Shamsievning bugungi o'yiniga baho berib o'tsangiz?

- Ikkita yarim himoyachimiz jarohat olishdi. Shu sababli maydon markaziga Behzodni qo'yishga qaror qildik.

Reyting:    

Fikrlar

   
29 sen 23:24:31
Rustam Ruziyev
1981surhon foydalanuvchining fikriga javob berish
Хуш келибсан про лигага сурхон, 2026 йилги мавсумда
Про лига йўлланмасини Шўртан эгаллаб бўлган, қолган йўлланмани Хоразм ёки Бухоро қўлга киритса керак
   
29 sen 23:16:22
1981surhon
Хуш келибсан про лигага сурхон, 2026 йилги мавсумда
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика