Elit OCHL. "Nasaf" – "Al Hilol" (matnli translyaciya)
29 sen 19:50
Yangiliklar


Elit OCHL. "Nasaf" – "Al Hilol" (matnli translyaciya)
OFK Chempionlar ligasi Elit. 2-tur
NASAF (O'ZBEKISTON) – AL HILOL (SAUDIYA ARABISTONI) 2:2
Bosh hakam: Ahmad Alali (Kuvayt)
Yordamchi hakamlar: Abdulxadi Alanezi, Ahmad Abbos (ikkalasi – Kuvayt)
To'rtinchi rasmiy: Saud Alsamxan (Kuvayt)
VAR: Abdulloh Arab (Kuvayt)
Assistent VAR: Hoshim Alibrahim (Kuvayt)
Hakamlar nazoratchisi: Alaa Al Abade (Iroq)
Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)
Mahalliy media oficer: Diyor Xotamqulov
Mahalliy bosh koordinator: Akmal Rahmatov
Gollar: 0:1 – 21, Sergey Milinkovich-Savich, 1:1 – 27, Sardor Bahromov (Umarbek Eshmurodov), 1:2 – 45+2, Teo Ernandes (Ali Al Bulayhi), 2:2 – 60, Javohir Sidiqov (Umarbek Eshmurodov)
"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 5. G'olib G'aybullaev, 8. Zafarmurod Abdirahmatov (17. Suhrob Nurulloev, 67), 14. Sharof Muhitdinov (10. Dragan Cheran, 46), 18. Husayn Norchaev, 22. Igor Golban (9. Javohir Sidiqov, 46 (71. Javohir Ubaydullaev, 73)), 24. Sardorbek Bahromov, 28. Shuhrat Muhammadiev, 34. Sherzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov, 92. Umarbek Eshmurodov
Zaxira: 1. Oleksandr Vorobey, 19. Stefan Cholovich, 20. Yusuf Otubanjo, 33. Bahodir Halilov, 55. Diyorbek Abdunazarov, 82. Asilbek Amanov
"Al Hilol": 37. Yassin Bunu, 3. Kalidu Kulibali, 5. Ali Al Bulayhi (11. Kayo Sezar Lima, 72), 8. Ruben Nevesh, 9. Markos Almeyda, 19. Teo Ernandes, 22. Sergey Milinkovich-Savich, 28. Muhammad Kanno, 87. Hasan Al Tambakti, 88. Hamad Al Tuhayfan, 99. Abdulloh Al Hamddan
Zaxira: 4. Yusuf Akichek, 14. Abdulkarim Muhammad, 15. Muhammad Al Qahtani, 16. Nasser Al Davsari, 17. Muhammad Al Yami, 21. Abdullah Radif, 24. Moteb Al Harbi, 25. Matyo Patuye
MATNLI TRANSLYACIYA
74. Nematov raqibning yaqin masofdan yo'llagan zarbasini egallab oldi.
73. "Nasaf"da o'zgarish.
72. "Al Hilol"da o'zgarish.
70. Teoning qo'polligidan so'ng Sidiqovga tibbiy yordam ko'rsatildi.
67. Kannoning xavfli zarbasidan so'ng Nematov ishonchli o'yin namoyish etdi.
67. "Nasaf" tarkibida o'zgarish.
60. GOOOOOOOOL! "Nasaf" hisobni tenglashtirdi! Javohir Sidiqov yakkama-yakka vaziyat Bununi ojiz qoldirdi! Umar Eshmurodovdan dubl assist!
58. "Nasaf" futbolchisi tomonidan yo'llangan jarima zarbasini Bunu qaytardi.
57. "Al Hilol" hujumi xavfli tus oldi va zarba bilan yakunlandi, ammo hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.
51. Savich yaqin masofadan qulay imkoniyatni boy berdi.
50. G'aybullaev raqib hujumini bartaraf etdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish.
Stadionda internet bilan bog'liq muammolar yuzaga kelmoqda.
Taym yakunlandi.
45+2. GOL! "Al Hilol" hisobda oldinga chiqib oldi. Gol muallifi – Teo Ernandes.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.
40. Al Bulayhi ofsaydda qolib ketdi.
36. Bozorov fol ishlatdi.
32. Zarba! 35 metrlar atrofidagi masofadan zarba yo'llandai, Bunudan ishonchli harakat.
27. GOOOOOL!!! Bahromov olis masofadan aniq zarba yo'llab, Yassin Bununi xo'rlab tashladi. Marokashlik darvozabon o'zbek serialnavist rejissyorlaridan birining etiboriga tushgan bo'lsa, ajabmas.
21. GOL! Nematovning to'pni egallashdagi qo'pol xatosidan so'ng Sergey Milinkovich-Savich bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilib, hisobni ochdi!
16. Norchaev ofsaydda qolib ketdi.
12. Eshmurodovning zarbasiga aniqlik etishmadi.
7. Bahromov fol ishlatdi.
2. "Al Hilol" ilk daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib oldi, Teoning golini hakam o'yindan tashqari holat sifatida inobatga olmadi. Stadionga muxlislar kirib ulgurmasidan turib, tark etishlarini istamaymiz.
1. O'yin boshlandi. Qarshida qarshiliklar "Al Hilol"ga qarshi qarshilik ko'rsatishga harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Менимча Араблар катта эҳтимол билан олади..
Зўр..
Шунақа хам гўзал гол бўладими, деб!?