"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev: "Bugun saviya va daraja o'z so'zini aytdi"
29 sen 23:00
Yangiliklar


"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev: "Bugun saviya va daraja o'z so'zini aytdi"
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev savollarga javob qaytardi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Barchaga xayrli kech. Bugun saviya va daraja o'z so'zini aytdi. O'zimizdan kuchli jamoaga mag'lub bo'ldik. Shunga qaramay astoydil harakat uchun yigitlarga rahmat aytaman. Qaysidir holatlarda o'zgartirish qilishimiz mumkin edi. Agar safimizda Alibek Davronov bilan Murodbek Rahmatov bo'lganida balki yanada yaxshiroq o'ynagan bo'lardik.
- Chindan ham jamoa bugun juda chiroyli o'yin ko'rsatdi. Elit OCHLdagi ikkita bahsda ko'rdikki, jamoa ancha shakllanib bormoqda. Bu esa kelgusi o'yinlarga ijobiy tasir ko'rsatadi degan umiddamiz. Bugungi bellashuvda Javohir Sidiqov almashtirildi, buning boisi nimada?
- Aytib o'tganingizdek, bu kabi o'yinlar bizga katta maktab bo'lyapti. Xulosa chiqarish uchun ham bunday o'yinlar kerak. Biz muntazam Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etishni istasak, bunday o'yinlardan albatta to'g'ri xulosa olishimiz kerak bo'ladi. Shuningdek, bizga saviyali o'yinchilar ham kerak. Endi Sidiqovga kelsak, uni majbur zaxiraga oldik.
- Mag'lubiyatga qaramasdan jamoada progress ko'rdik. Buning uchun Sizga katta rahmat. Endi savolga keladigan bo'lsak, Osiyoda legionerlar darajasi yildan yilga ortib boryapti. Shunday yaxshi saviyadagi legionerlarni olib kelish uchun mablag' etarli emasmi yoki legionerlarning o'zlarida xohish yo'qmi?
- Jamoamiz haqidagi iliq fikringiz uchun rahmat. Bu gapni eshitish men uchun ham, jamoamiz uchun ham muhim. Legionerlar borasidagi savolga keladigan bo'lsak, birinchidan bunday katta pullar bizda yo'q. Menimcha, har bir klub moliyaviy qiyinchilikni o'z boshidan o'tkazadi. Ikkinchidan, legionerlarning o'ziga ham ko'p narsa bog'liq. Shahar va chempionatni tanlash futbolchilarning o'zida qolgan. Shunday o'yinchilar borki, taklif qilsangiz qaerda u, qanaqa jamoa degan savolni ko'p berishadi.
- Oldinda hali yana uchrashuvlar kutib turibdi. Navbatdagi o'yinlar birmuncha oson kechadi deb o'ylaysizmi?
- Elit Osiyo chempionlar ligasida oson o'yinning o'zi yo'q. Har bir bahs o'ziga yarasha qiyinlashib boradi. Biz Saudiyaning eng kuchli uchta jamoasiga qarshi tushgandik, ularning ikkitasi bilan o'ynab bo'ldik. Hali yana "Al Ittihod" bilan to'qnashuv bor. Kuchli jamoalardan mag'lubiyatga uchrasak-da, mayli asosiysi tajriba orttiryapmiz va bu boshqa o'yinlarda qo'l keladi. Keyinchalik daraja jihatdan o'zimizga yaqin jamoalar bilan bemalol o'ynay olamiz. Eron, BAA, Iroq klublari bilan ham o'yinlar yaxshi kechadi deb o'ylayman.

O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Уйин статистикаси ва рақамли маълумотлар
Quyида ESPN’дан олган маълумотларга асосан
Насаф – Аль-Хилол ўйини статистикаси:
Параметр Насаф Аль-Хилол
Топ назорати (possession) ~ 37.6% ~ 62.4%
Ҳужум зарбалари (shots) 5 та 16 та
Тўғри зарбалар (shots on goal) 3 та 10 та
Корнерлар (corner kicks) 0 7 та
Қутқарилган жавоблар (saves) 7 та 1 та
Сариқ карточкалар 0 1 та
Бу рақамлардан кўринилиши мумкин:
Аль-Хилол тўпни кўпроқ назорат қилди (62.4%) ва ҳужумларни кўпироқ ташкил қилди.
Насаф ҳужум қилиш имкониятларига эга бўлса ҳам — лекин камроқ тўғри зарба ва имкониятдан фойдаланишда камчиликлар бор эди.
Корнерлар бўйича: Насаф бир корнер ҳам олмади, бу уларнинг ҳужумда жуда кам босим қилишини кўрсатади.
Аль-Хилол ҳимоясини мустаҳкамлашда ҳам яхши ишлади — фақат 1 марта тўғри зарбага йўл очди.
Голлар ва муҳим вазиятлар
Уйинда голлар қуйидаги тартибда келиб чиққан:
1. 21′ — Серж Милинкович-Савич биринчини киритди (0:1).
2. 27′ — Сардорбек Баҳромов ҳисобни тенглади (1:1).
3. 45+2′ — Тео Эрнандес иккинчи бўлимгача Ол-Хилолни олдинга чиқарди (1:2).
4. 60′ — Жавохир Сидиков яна бир тенглаштирувчи гол уриб, Насаф умидини қайта тиклади (2:2).
5. 79′ — Маркос Леонардо ҳал қилувчи голни киритди (2:3).
Шу тарзда, жамоалар аввал тенглаштириб, кейин режимни ўзгартириб, Ал-Хилол яна бир гол уриб, ғалабани қўлга киритди.
Ҳимоя ва йўқотишлар
Насаф жамоаси бир неча жиҳатдан хато қилди: