"Manchester Siti" etakchilaridan biri Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin
29 sen 12:28
Yangiliklar
"Manchester Siti" etakchilaridan biri Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoani tark etish ehtimoli bor.
Bu haqda "TalkSPORT" xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, 31 yoshli portugaliyalik kelasi yozda shartnomasi yakunlanganidan keyin Saudiya Arabistoniga o'tishni ko'rib chiqmoqda. Unga "Al Ahli" va "Al Qodisiya" qiziqish bildirmoqda, shuningdek, davogarlar orasida "Al Nassr" ham bor.
Silva 2024/25 yilgi mavsum 52 uchrashuvda 6 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning "Siti" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uning transfer qiymatini 38 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar