So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Bilasizmi? "Nasaf" o'z uyida shu paytgacha Saudiya Arabistoni klubi bilan ikki marta o'ynagan Yangiliklar

Bilasizmi? "Nasaf" o'z uyida shu paytgacha Saudiya Arabistoni klubi bilan ikki marta o'ynagan

Bugun O'zbekistonning amaldagi chempioni "Nasaf" o'z maydonida Elit OCHL 2-turi doirasida Saudiya Arabistonining eng kuchli klublaridan biri "Al Hilol"ni qabul qiladi.

Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Nasaf" shu paytgacha Osiyo Chempionlar Ligasida o'z maydonida Saudiya Arabistoni klubi bilan faqat ikki marta o'ynagan. Bu voqealar ham 9 va 10 yil oldin bo'lgan. 

2015 yilda "Nasaf" Qarshida "Al Ahli"ni qabul qilib, bahs 0:0 hisobida yakun topgandi. Quyida shu uchrashuvni yodga olamiz.

05.05.2015. "Nasaf" - "Al Ahli" 0:0
"Nasaf":
Eldor Suyunov, Roy Rok, Maqsud Karimov, Hamza Karimov, Sherzod Azamov, Erkin Baydullaev, Odil Hamrobekov (Ilhom Yunusov, 82), Shohruh Gadoev (Botir Qoraev, 90), Bahrom Abdurahimov, Artur Gevorkyan, Ilhom Shomurodov.
Zaxirada qolganlar: O'tkir Yusupov, Alibek Turobov, Sharof Muhitdinov, Aziz G'aniev, Akrom Bahriddinov.
Ogohlantirish: H.Karimov, R.Rok.
Chetlatish: B.Abdurahimov.
Bosh hakam: Masaaki Toma (Yaponiya)
Qarshi, Markaziy stadion. 16,000 tomoshabin.

Bu o'yinni hozir kimdir eslaydi, kimdir yo'q. Bahrom Abdurahimov 71-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etgan. "Nasaf" bir kishi kam 20 daqiqani o'tkazib o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Va yana bir qiziq malumot, 10 yil oldingi bahsda zaxirada o'tirgan Sharof Muhitdinov hozir ham "Nasaf"da va u jamoaning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.

2015 yil "Al Ahli" 12 ochko to'plab guruhdan birinchi o'rin bilan chiqqan bo'lsa, "Nasaf" 8 ochko bilan o'z ishtirokini OCHL guruh bosqichida tugatgan.





Keyingi yil esa "Nasaf" Qarshida "Al Ahli"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.  

"NASAF" - "Al Ahli" - 2:1 (0:0)
02.03.2016. 2-tur. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 16221 tomoshabin.
Bosh hakam:
Ma Ning (Xitoy)
Gollar:
1:0 - Abduholiqov Bobur (Muhammadiev Shuxrat), 47
2:0 - Karimov Maqsud, 60
2:1 - Asiri Muhanad - penalti, 71
"NASAF": Eldorbek Suyunov, Azamov Sherzod, Karimov Maqsud; Muhammadiev Shuhrat; Rahmatov Saydullo; Rahmatullaev Dilshod; Abdurahimov Bahrom; G'aniev Azizjon; Gevorkyan Artur; Shomurodov Ilhom; Abduxoliqov Bobur (Muhitdinov Sharof, 90)
Zaxiradagilar: Normurodov Najmiddin; Mamatkazin Ildar; Xushbakov Dilshod; Narzullaev Doniyor; Allaniyazov Azamat; Quvvatov Sanjar
Ogohlantirishlar: Azamov Sherzod, 40; Rahmatullaev Dilshod, 49

Demak, 2016 yilgi "Nasaf" – "Al Ahli" uchrashuvida mezbonlar g'alaba qozonishgan. Tarkibni ham keltirib o'tdik. Bu o'yinni hozir kimdir eslaydi, kimdir yo'q. Bobur Abduholiqov 47-daqiqada hisobni ochgan, 60-daqiqada Maqsud Karimovning goli "ajdarlar"ga g'alaba keltirgan. Mehmonlar faqat penaltidan bitta gol ura olishgan xolos. 

Va yana bir qiziq malumot: 10 yil oldingi bahsda bo'lgan Shuhrat Muhammadiev va Sharof Muhitdinov hozir ham "Nasaf"da.


VIDEONI KO'RISH


2016 yil "Al Ahli" 9 ochko to'plab guruhda uchinchi o'rinni egallagan bo'lsa, "Nasaf" 5 ochko bilan to'rtinchi o'rinni band etgan. Bugun "Al Hilol" bilan kechadigan uchrashuvda qarshiliklarga omad tilab qolamiz.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
29 sen 15:23:13
Qiziqarli G'aroib
Xatollarini srazi to'g'irlab qo'ydilaringa ????????????????????????????omilla
   
29 sen 16:21:13
Шуржи шахрисабз
Mtj darbozaboni O' Yusupov zahirada bo'lgan ekan
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика