So’nggi yangiliklar

12:01"Хоразм"-"Бунёдкор": устунлик "қалдирғочлар" томонидами?  0 11:12Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Пахтакор"ни ютган "Навбаҳор"да ўзига ишонч юқори"   1 10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  23 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4 09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  12 08:53Садио Мане Сенегалдан чемпионликни олиб қўйилганига кескин муносабат билдирди  9 08:25Гвардиола: "Ҳусанов учун бу EЧЛдаги илк тажриба йили бўлди"  17 07:57Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади  3 07:30Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди  10 07:30ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2  55 05:55Шиддатли кечган баҳсда ўсмирларимиз Марокашни мағлуб этишди  3 03:05ЕЧЛ. "Арсенал" жавоб учрашувида "Байер"ни мағлубияга учратиб, чорак финалга йўл олди  18 03:00ПСЖ "Челси"ни иккинчи учрашувда ҳам йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, кейинги босқичга йўл олди  41 02:56Даҳшат! Сенегалдан Африка чемпионлиги олиб қўйилди. Марокаш терма жамоаси финалдан икки ой ўтиб, Африка миллатлар кубоги ғолиби деб топилди!   42 02:55ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  383

"Al Hilol" bosh murabbiyi Simone Inzagi: "Ikki bor to'p o'tkazib yuborgan bo'lsak-da, yakunda g'alabaga erishdik" Yangiliklar

"Al Hilol" bosh murabbiyi Simone Inzagi: "Ikki bor to'p o'tkazib yuborgan bo'lsak-da, yakunda g'alabaga erishdik"

Elit OCHL 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Hilol" uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.

Bunda dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Simone Inzagi va uchrashuvning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Markos Leonardo ishtirok etdi.

 

Bosh murabbiyga savol:

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugun juda chiroyli o'yin o'tkazdik. Uchrashuv harorati ancha baland bo'ldi. G'alaba uchun futbolchilarimga rahmat aytaman. Garchi ikki bor to'p o'tkazib yuborgan bo'lsak-da, yakunda g'alabaga erishdik. Ko'p vaziyatlar yaratdik. Raqib jamoada ham imkoniyatlar bo'ldi va ikkita gol urishdi. G'alaba qozonganimiz futbolchilarimizning jismoniy va ruhiy holati yaxshi ekanini anglatadi.


Markos Leonardo: - Biz yaxshi o'yin o'tkazdik. G'alaba juda zarur edi, chunki bu musobaqada har bir jamoa bilan bir martadan o'ynaymiz. Endi navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.


- Bugun "Al Hilol" o'z kuchini to'liq namoyish eta oldimi?

- Biz har doim yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Xoh uyda yoki safarda o'ynaylik, doim o'z kuchimizni ko'rsatishga intilamiz. Bugun ham to'p nazorati ko'proq jamoamiz tomonida bo'ldi, bu esa yaxshi harakat qilganimizni anglatadi.


Bosh murabbiyga savol:

- "Nasaf"ning o'yin uslubini Evropaning qaysi jamoasiga o'xshatdingiz?

- Evropada qaysi klub "Nasaf"ga o'xshash o'yin namoyish etishini bilmayman. Lekin "Nasaf" yaxshi shakllangan jamoa ekan hamda kuchli murabbiy boshqaryapti deb ayta olaman. "Nasaf"ning safarda "Al Ahli"ga qarshi o'yinini ko'rgandik, menda iliq taassurot qoldirgan.


- Jamoangiz bugungi o'yinda ikkita gol o'tkazdi. Bunga nima tasir ko'rsatdi? Maydon holati ham sabab bo'ldimi?

- Aytib o'tganimdek, ikkita gol o'tkazgan bo'lishimizga qaramay o'yinni yaxshi o'tkazdik. To'p nazorati asosan biz tomonda bo'ldi. Raqibning birinchi goli juda ajoyib chiqdi, ikkinchi gol esa o'z xatoimiz tufayli yuzaga keldi. Ketma-ket o'yinlarda maydonga tushyapmiz, oxirgi 7ta o'yinning beshtasida g'alaba qozonib, ikki bor durang o'ynadik. Hali ishlaydigan jihatlarimiz ko'p.


- "Nasaf" tarkibidagi qaysi futbolchilarning harakati sizga maqul keldi?

- Ko'p o'yinchilar yaxshi harakat qilishdi. Ayniqsa darvozabon o'zini ko'rsatdi. Jiddada kechgan uchrashuvda "Nasaf"ning 6-raqamli futbolchisi (Murodbek Rahmatov) juda yaxshi o'yin ko'rsatgandi, lekin nima uchundir bugun ko'rinmadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика