Mourinyu ECHLning yangi formati haqida: "O'zingiz ro'baro' kelmaydigan jamoalarga o'rningizni bo'shatib berish g'alati"
29 sen 19:50
Yangiliklar


Mourinyu ECHLning yangi formati haqida: "O'zingiz ro'baro' kelmaydigan jamoalarga o'rningizni bo'shatib berish g'alati"
"Men hali tizim bilan tanishib chiqyapman, shuning uchun qaysi variant– eskisimi yoki hozirgisini afzal ko'rishimni aniq aytolmayman. Bu butunlay boshqacha yondashuv. Men Evropa Ligasining o'tgan mavsumida shunga o'xshash formatga duch kelganman va tan olishim kerak, bu juda qiziqarli va innovacion.
Biroq savol paydo qiladigan jihatlar ham bor. Siz har bir jamoaga qarshi faqat bitta o'yin o'tkazasiz va darhol dilemma paydo bo'ladi: agar o'yin safarda bo'lsa, uyda o'ynash imkoniyatini afzal ko'rasiz. O'zingiz hech qachon to'qnash kelmagan klublarga turnir jadvalida joy bo'shatib berishingiz ham g'alati. Bu g'ayrioddiy va biroz mantiqsiz.
Format yangi imkoniyatlarni ham taqdim etadi – siz bir vaqtning o'zida sakkiz xil raqib bilan to'qnash kelishingiz mumkin, bu esa qiziqishni oshiradi. Bu o'zgarishlarga moslashish uchun vaqt kerak xolos", – dedi Mourinyu.
"Benfika" Chempionlar Ligasidagi navbatdagi o'yinini ertaga, 30 sentyabr kuni Londonda "Chelsi"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar