Setenning safari tez qaridimi? "Barsa" azolari undan norozi
04 mar 2020 21:54
Yangiliklar
Setenning safari tez qaridimi? "Barsa" azolari undan norozi
61 yoshli mutaxassisning Kataloniyadagi sarguzashtlari muddatidan oldinroq yakunlanishi mumkin.
“Barselona”dagi ko'plab futbolchilari jamoaga kelganiga atigi 2 oy bo'lgan Kike Setenga bo'lgan ishonchni yo'qotishdi, deya xabar bermoqda “Catalunya Radio”.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklarning bir qator azolari yangi murabbiylar shtabi “Barsa” kabi katta jamoani boshqarishga loyiq emas deb hisoblaydi.
Qayd etilishicha, “Valensiya”ga uchralgan 0:2 hisobidagi mag'lubiyat hamda “El Klasiko”dagi (0:2) omadsizlikdan keyin Seten hamda o'yinchilar o'rtasidagi nizo kuchaygan.
Avvalroq, “Barselona” murabbiylik lavozimini Gollandiya terma jamoasi ustozi Ronald Kumanga taklif etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar