So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

Saydullo Rahmatov: "CHempion jamoaga qarshi o'yinlar doim qiyin kechgan” Yangiliklar

Saydullo Rahmatov: "CHempion jamoaga qarshi o'yinlar doim qiyin kechgan”

O'zbekiston kubogi finalidan o'rin olgan “Paxtakor” va AGMK jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng himoyachi Saydullo Rahmatovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Dastlab o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz. Nazarimizda jamoaga biroz xarakter etishmagandek go'yo...
- Nima ham deyishim mumkin. Bahs kutilganidek og'ir o'tdi. Kuchli chempion jamoaga qarshi doim qiyin bo'lib kelgan. Lekin, borimizni berib o'ynashga harakat qildik. SHunda ham omad etishmadi. Ayrim vaziyatlarda hattoki, birga-bir vaziyatlardan unumli foydalanishda sustkashlikka yo'l qo'ydik. Raqib esa o'zi yaratgan vaziyatlarni golga aylantirdi. Menimcha, ularning yutug'i shunda bo'ldi. Sen urmasang, senga urishadi.

- Ko'rdikki “Paxtakor” butun bahs davomida to'pni va o'yin tizginini nazorat qilib bordi AGMKga birinchi raqam ostida to'p tepishiga nima to'sqinlik qildi?

- Bunday jamoaga qarshi ikkinchi raqam ostida harakatlanishimiz tabiiy edi. CHunki, milliy terma jamoamizni asosini “Paxtakor” futbolchilari tashkil etishadi. Ularga ochiq futbol taklif qilish xato hisoblanishini bilardik. Qarshi hujumlarda imkoniyatimizni kutdik.



- Sizning poziciyangizdan Doston Hamdamov ko'p bor qochib, hujumni rivojlantirishga intildi. Unga etarli darajada qarshilik ko'rsata oldim deb o'ylaysizmi?

- Nafaqat Hamdamov, barcha chiziqdagi futbolchilarini o'rganganimizga qaramasdan, kerakmas joyda xatolar yuz berdi. Baribir, maxorat va texnika o'z so'zini aytdi.

- Tushunib turibmiz, mag'lubiyatdan keyin, ruhiy tushkunlikdan chiqish oson emas. SHunday bo'lsada Liga kubogi finalida jamoadan noodatiy va boshqacha o'yin kutsak bo'ladimi?

- Liga kubogi finalidan oldin Superliga tur uchrashuvlari turibdi. Avval, shu o'yinlar haqida bosh qotiramiz. Umuman, bu borada o'ylashga hali erta.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика