Saudiyaliklar Usman Dembele uchun ulkan taklif tayyorlashmoqda
28 jan 14:24
Yangiliklar
Saudiyaliklar Usman Dembele uchun ulkan taklif tayyorlashmoqda
Saudiya Arabistoni Pro-Ligasi vakillari PSJ va Franciya terma jamoasi hujumchisi Usman Dembeleni o'z chempionatlariga jalb qilishmoqchi.
"Sky Sports" nashrining xabariga ko'ra, Saudiya futboli rahbariyatining yuqori martabali vakillari 28 yoshli futbolchining transferi bo'yicha dastlabki so'rovlarni amalga oshirishgan. Qayd etilishicha, saudiyaliklar 2026 yilgi Jahon chempionatidan so'ng francuz uchun "ulkan taklif" tayyorlamoqdalar.
Biroq futbolchining yaqinlari Dembele hozirda bor etiborini "\PSJ"\dagi faoliyati va JCH-2026 ga qaratganini takidlashmoqda.
Malumot uchun, Usman Dembele Franciya Liga 1 joriy mavsumining 11 ta o'yinida maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar