So’nggi yangiliklar

19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  4 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  6 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  10 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  9 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  6 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  20

Dunyodagi eng yirik ko'cha futboli chempionati yana O'zbekistonda Yangiliklar

Dunyodagi eng yirik ko'cha futboli chempionati yana O'zbekistonda

Teglar :  Red Bull
O'zbekistonda 4 ga 4 formatidagi ko'cha futboli bo'yicha eng yirik xalqaro turnir - Red Bull Four 2 Score 2026 saralash bosqichlari uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi.

Bu yil saralash bosqichlari uch shaharda bo'lib o'tadi: Samarqand, Farg'ona va Toshkent. Jamoalar darvozabonsiz, kichik maydonda hamda gollarni hisoblashning o'ziga xos tizimi asosida o'ynashadi. Mamlakat chempioni 17 may kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan milliy finalda aniqlanadi. Ishtirokchilar loyihaning rasmiy saytida ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Red Bull Four 2 Score — bu kichik maydonda o'tkaziladigan 4 ga 4 formatidagi futbol turniri. O'yinlar 10 daqiqa davom etadi, tanaffussiz va darvozabonsiz o'tkaziladi. Turnirning o'ziga xos jihati shundaki, o'yinning dastlabki va so'nggi 60 soniyasida kiritilgan gollar 2 ochkodan olib keladi. Musobaqada 25 dan ortiq mamlakat ishtirok etadi, g'olib jamoalar esa joriy yilning avgust oyida Kanadada bo'lib o'tadigan jahon chempionati finalida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Turnir bosqichlari:
•    Saralash bosqichi: Samarqand – 5 aprel
•    Saralash bosqichi: Farg'ona – 19 aprel
•    Saralash bosqichi: Toshkent – 2–3 may
•    Milliy final: Toshkent – 17 may
•    Jahon finali – 2026 yil avgust, Kanada.

Guruh bosqichida g'olib jamoa 3 ochko, mag'lub jamoa 0 ochko oladi. Agar 10 daqiqa yakunida hisob teng bo'lsa, har ikki jamoaga 1 ochkodan beriladi. Guruh bosqichida penaltilar seriyasi yoki “oltin gol” qo'llanilmaydi.

Oltin gol bu nima: Har bir jamoadan bittadan o'yinchi maydonga chiqib, 1 ga 1 formatida birinchi gol kiritilgunga qadar o'ynaydi. Qaysi jamoa birinchi bo'lib gol kiritsa, o'yin darhol yakunlanadi va o'sha jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi.

Turnirning milliy finali 17 may kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” futbol kompleksida bo'lib o'tadi.

O'z jamoangizni tuzing va loyihaning rasmiy saytida saralash bosqichiga ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling. Balki aynan siz va do'stlaringiz O'zbekiston chempioni bo'lib, mamlakatimizni Kanadada bo'lib o'tadigan jahon finalida munosib tarzda himoya qilarsiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
14 mar 18:31:21
STENLESS..R
Кизик футбол зкан куча футболида кучалардан болаларни тутиб олиб кетишарканми ёки прафессионал футболчиларни хеч булмаса шу футболга таниш билиш булмаса керак
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика