"Manchester Siti" futbolchisi Evropaning boshqa bir TOP klubiga o'tishi mumkin
10 mar 10:21
Yangiliklar
"Manchester Siti" futbolchisi Evropaning boshqa bir TOP klubiga o'tishi mumkin
"Shaharliklar" yarim himoyachisining shartnomasi yozda tugaydi va uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar hozircha olib borilmayapti. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur X (Twitter) tarmog'ida xabar qildi.
Manba malumotlariga ko'ra, 31 yoshli portugaliyalik futbolchiga "PSJ" qiziqish bildirmoqda va mavsum yakunidan so'ng uni erkin agent sifatida imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bundan tashqari, Bernardu Silva ortidan turkiyaning "Galatasaray" va Kataloniyaning "Barselona" klublari ham kuzatmoqda.
Bernardu Silva 2017 yildan buyon "Manchester Siti"da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u klub uchun barcha turnirlarda 38 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 27 million evro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar