Islom Ismoilov: "Finalda taktikadan ko'ra futbolchilarning xarakteri yuqori planga chiqadi" (to'liq matbuot anjumani)
14 mar 20:05
Yangiliklar
Islom Ismoilov: "Finalda taktikadan ko'ra futbolchilarning xarakteri yuqori planga chiqadi" (to'liq matbuot anjumani)
Islom Ismoilov: Ertangi o'yinga etarli darajada tayyorgarlik ko'rdik. Finallarda taktikadan ko'ra futbolchilarning xarakteri yuqori planga chiqadi. Shu bois ertaga jamoa o'zining eng jangovar xarakterini ko'rsatadi.
Anvar G'ofurov: Ramazon oyi bilan hammani tabriklayman. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ertangi uchrashuvga maksimal tayyormiz. Murabbiylarning ko'rsatmalarini bajarishga harakat qilamiz.

– "Neftchi" tarkibida sifatli futbolchilar ko'p, ayniqsa hujum tizimida rang-baranglik etarlicha va Superligani istalgan boshqa klubida asosiy tarkibda o'ynashi mumkin bo'lgan ayrim futbolchilar "Neftchi"da zaxirada qolib ketyapti. Bu sizga qanaqadir muammolar keltirib chiqarmayaptimi? Bu muammoni umuman qanaqa qilib bartaraf etmoqchisiz? Futbolchilarni ayrimlarda ego bo'ladi, buni engish uchun nima ishlar qilinyapti?
Islom Ismoilov: Har bir murabbiy jamoasida shunaqa yaxshi saviyadagi futbolchilar ko'proq bo'lishini xohlaydi. Bu yoqimli bosh og'riq desa ham bo'ladi. Biz futbolchilarning barchasi bilan doimiy ravishda suhbat olib boramiz. Ularga tushuntiramiz va har bir uchrashuvda har bitta futbolchiga imkon qadar imkoniyatimizdan kelib chiqib, o'yin amaliyoti berishga harakat qilyapmiz. Kuzatib borayotgan bo'lsangiz, ko'p uchrashuvlarda rotaciyalar qilyapmiz. Shu orqali jamoadagi balansni ushlab turishga harakat qilyapmiz. Futbolchilar ham professional, ular jamoaga kelishidan oldin bu erdagi holatni bilgan va raqobatga tayyor bo'lgan holatda kelgan. Bu faqatgina jamoa foydasi uchun xizmat qiladigan holat.
– Bilamiz, katta finallarda dastlabki daqiqalardan gol urib olish bu judayam katta ruh berishi mumkin. Rejangiz dastlabki daqiqalardan bosim qilib gol urib olishmi yoki ehtiyotkorlikka etibor qaratishmi?
– Albatta, har bitta jamoa tezroq gol urishga harakat qiladi, shular qatorida biz ham. O'yin uslubimizdan kelib chiqadigan bo'lsak, doimiy ravishda raqibga bosim uyushtirishga harakat qilamiz. Agar o'yin boshida gol uradigan bo'lsak, bu bizga qo'shimcha yana motivaciya beradi.

– Ikrom Aliboev haqida so'ramoqchi edim. U ertangi uchrashuvga tayyormi? Adashmasam, jarohatdan tuzalgandi.
Islom Ismoilov: Albatta, Ikrom Aliboev ertagangi uchrashuv uchun yuz foiz tayyor holatda.
– "Paxtakor"ga qarshi o'yin keskin o'tadi. Superkubok bahsida jamoangizning ustun tomoni nimada deb o'ylaysiz?
Islom Ismoilov: Jamoani, aynan "Paxtakor" bilan solishtirib, ustun tomonlarini aytishim noto'g'ri bo'ladi. Jamoa holatiga keladigan bo'lsak, hozir ajoyib holatda, muhit yaxshi, kayfiyat yuqori darajada, uchta qatorasiga g'alabadan keyin futbolchilarni o'ziga bo'lgan ishonchi baland. Shuning uchun o'zimizni holatimizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, ertangi uchrashuv uchun yuz foiz tayyormiz va raqibdan ustun tomonlarimizni bu erda og'izda emas, balki maydonda ko'rsatishga harakat qilamiz.
– Ertangi o'yinda jamoangiz hujumkor o'yin namoyish etadimi yoki himoyaviy?
Islom Ismoilov: Doimiy ravishda hujumkor futbol namoyish etishning iloji yo'q. Jamoa qaysidir holatda himoyalanadi, qaysidir holatda hujum qiladi. Hujum bilan himoya futbolning ajralmas qismi. Shuning uchun ikkalasida ham etarli darajada aniq o'ynashga harakat qilamiz.
– O'tgan yili Superligada "Neftchi" va "Paxtakor" uchrashganda farg'onaliklar mag'lubiyatga uchragan. Qaysidir manoda ertangi o'yinni revansh deyish mumkinmi?
Islom Ismoilov: Biz hech qaysi uchrashuvda qasos uchun maydonga chiqmaymiz. Aksincha, sifatli futbol namoyish etish uchun maydonga chiqamiz. Har bitta o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Shuning uchun bu erda hech qanaqa qasos olish degan tushuncha yo'q. Aksincha, g'alaba qozonish uchun maksimal harakat qilamiz.
– "Neftchi" principial raqiblarga qarshi yaxshi harakat qiladi. Raqibni to'liq o'rgangan bo'lsangiz, ertangi uchrashuv oldidan "Paxtakor"ning qaysidir hujumkor futbolchilarini individual qo'riqlash uchun futbolchilarga nimalar dedingiz, vazifa berdingizmi yoki ular umumiy kartinadan kelib chiqqan holda himoyaviy o'yin namoyish etishadimi?
Islom Ismoilov: Albatta, jamoani o'rganib chiqdik. Har bitta mayda detallargacha etibor qaratdik. Himoyalanishga keladigan bo'lsak, hech qachon alohida futbolchiga etibor qaratgan holda himoyalanmaymiz. Raqibning har bitta futbolchisiga jamoa bo'lib himoyalanishga harakat qilamiz. Aynan qaysidir futbolchiga o'zimizni futbolchimizni biriktirib himoyalanmaymiz.
– O'tgan tur kutilmaganda "Paxtakor" mag'lubiyatga uchradi. Raqibni o'rganish, yani o'sha o'yindan kelib chiqib tahlil qilinmagan bo'lsa kerak, katta ehtimol. Qanchalik "Paxtakor"ni o'rganish qiyin bo'ldi? O'tgan o'yinni hisobga olgan holda. O'tgan o'yinda "Paxtakor"da deyarli hech nimasi o'xshamadi.
Islom Ismoilov: Raqibning bitta o'yiniga qarab baho bermaymiz. Raqibning oxirgi beshta uchrashuvini ko'rib chiqamiz. "Paxtakor"ning o'tgan yilgi ikkita oxirgi uchrashuvi va undan tashqari bu yilgi chempionatdagi uchta o'yinni ham o'rganib chiqdik. Albatta, bu oson jarayon emas. Bu juda katta vaqt hamda diqqat talab qiladigan holat. O'ylaymanki, "Paxtakor"ni etarli darajada o'rgandik va siz aytib o'tganingizdek, oxirgi o'yinga qarab xulosa qilganimiz yo'q. "Paxtakor", bilamiz, O'zbekistonda eng yaxshi jamoalardan biri.
– Ikrom Aliboevni yuz foiz tayyor deb aytib o'tdingiz. Agar Ikrom Aliboev yuz foiz tayyor bo'lsa, uni Jokich bilan almashtirasizmi yoki ikkita hujumkor yarim himoyachi bilan o'ynatasizmi, Iskanderov ham bor, ulardan biri zaxirada o'tiradimi?
Islom Ismoilov: Balki Ikrom Aliboev o'ng qanotda o'ynar. Shuncha futbolchiga joy topayapmiz, Ikromga ham topamiz.
– O'tgan o'yindan keyingi matbuot anjumanida qiziq fikr aytdingiz, yani har o'yinda statistikalar yangilanib boryapti dedingiz. Ertaga qaysi antirekordni buzmoqchisiz?
Islom Ismoilov: "Neftchi" o'z tarixida ilk marta Superkubokda. Shuning uchun butun jamoa bilan tarix yozish uchun harakat qilamiz. O'ylaymanki, uddasidan chiqamiz.
– Anvarjon, bosh murabbiy aytishi bo'yicha, jamoa Superkubok uchrashuviga tayyor. Futbolchi sifatida jamoadoshlaringiz va o'zingiz bu o'yinga qanchalik tayyorsiz, "Neftchi" tarixidagi birinchi Superkubok finali qanchalik hayajon olib kelyapti?
Anvar G'ofurov: Albatta, finalda hayajon bo'lishi aniq. Kayfiyatimiz yaxshi, o'yinga tayyormiz. Superkubok men uchun ham birinchisi. Hayajon bor. Yigitlar bilan yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ertangi bahsga tayyormiz.

– Jamoa yuz foizlik natija qayd etgan, to'qqiz ochko, uchta g'alaba. Raqib esa aksincha, mag'lubiyat, durang. Mana shu holat futbolchilarda biroz xotirjamlik hissini uyg'otmayaptimi?
Islom Ismoilov: Albatta, bu bo'yicha ham futbolchilar bilan gaplashganmiz. Final o'z nomi bilan final, bitta o'yin uchun ikkala jamoa ham etarli darajada jangovar ruhda tayyorgarlik ko'radi. Shuning uchun o'ylaymanki, bu holat futbolchilarni bo'shashtirmaydi. Aksincha, ertaga futbolchilar chempionat o'yinlariga qaraganda ko'proq xohish va istak bilan maydonga chiqishadi.
– "Paxtakor" bosh murabbiyiga ham oldinroq savol berildi, yani o'sha uchta uchrashuvdan kelib chiqqan holda, uchta g'alaba qozonib kelyapti "Neftchi" va qaysidir manoda "Neftchi" favoritmasmi deganda, yo'q, ichki chempionat o'yinlari boshqa, Superkubok alohida bittalik o'yin boshqa dedi. Shunga qanday qaraysiz?
Islom Ismoilov: Albatta, finalda istalgan natija qayd etilishi mumkin. Shuning uchun finalda favorit yo'q. Balki ikkala jamoa ham munosib. Boshida aytib o'tdim, finallarda taktikadan ko'ra ruhiy holat hamda xohish-istak birinchi o'ringa chiqadi. Shuning uchun ertaga kim ko'proq xohlasa, kim ko'proq harakat qilsa, o'sha jamoa yutadi deb o'ylayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Molodes Islombek Ertanga omad
Biz Bobur Arenadan kuzatamiz Xodo xoxlasa