Dembelening agenti "Manchester Siti" bilan muzokaralar o'tkazdi
13 mar 18:35
Yangiliklar
Dembelening agenti "Manchester Siti" bilan muzokaralar o'tkazdi
PSJ vingeri Usmon Dembelening agenti Mussa Sissoko "Manchester Siti" sport direktori Ugu Viana bilan uchrashdi.
Bu haqda Britaniyaning "The Sun" nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar francuz futbolchisining Angliya Premer-ligasi klubiga ehtimoliy transferini muhokama qilgan. Dembelening Parij klubi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qilishiga qaramay, uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar oson kechmayapti — tomonlar hozircha kelishuvga erisha olmayapti.
Dembele 2023 yilda 50 mln evro evaziga "Barselona"dan PSJga o'tgandi. 28 yoshli futbolchi joriy mavsum Parij klubi safida barcha musobaqalarda 25 o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali malumotiga ko'ra, futbolchining hozirgi transfer qiymati taxminan 100 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
19:03
"Real" himoyachisi yana jarohat oldi va "Manchester Siti"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi 2
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar