"Manchester Yunayted" Kvaracxeliyaga qiziqmoqda, ammo futbolchining narxi transfer imkoniyatini shubha ostiga qo'ymoqda
09 mar 18:35
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Kvaracxeliyaga qiziqmoqda, ammo futbolchining narxi transfer imkoniyatini shubha ostiga qo'ymoqda
"TEAMtalk"ning xabar berishicha, klub ichida gruziyalik futbolchining o'yinidagi ayrim jihatlardan norozilik bor, chunki asosiy tarkibdagi bir necha o'yinchi uni maydonda haddan tashqari egoist deb hisoblaydi.
Bu holatlar klubni futbolchini sotishga undashi mumkin. Biroq "qizil iblislar" uchun asosiy to'siq — transfer summasi.
PSJ uni "Napoli"dan sotib olishga sarflagan 60 million funtidan ko'proq summaga sotib, foyda olishga harakat qiladi. Bu esa "Manchester Yunayted"ning yozgi byudjetiga jiddiy tasir qilishi mumkin, ayniqsa, ular yarim himoyani qayta qurishni rejalashtirayotganini hisobga olganda.
Qayd etish joiz, Kvaracxeliyaga "Manchester Yunayted"dan tashqari "Arsenal" va "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda. Bu esa yozda Evropaning eng yaxshi vingerlaridan biri uchun qattiq kurash kechishidan dalolat beradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar