Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekiston ham, Yaponiya ham yaxshi shakllangan jamoa sanaladi"
15 iyu 2022 21:28
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekiston ham, Yaponiya ham yaxshi shakllangan jamoa sanaladi"
- Sadd Al SHehri, o'yin haqida fikringiz qanday?
- G'alabadan mamanunman. Bugun namoyish etgan futbolimizdan xursandman. Endi hal qiluvchi bahs haqida bosh qotiramiz.
- Finalda raqib sifatida qaysi jamoani ko'rishni istaysiz: O'zbekiston yoki Yaponiya?
- Ikkala jamoa ham yaxshi shakllangan. O'zbekiston to'pni nazorat qilishni yaxshi ko'radi, Yaponiya esa juda tezkor o'yin namoyish etadi. Istalgan jamoaga qarshi finalda qiyin bahs bo'ladi.
- Bugun ikki futbolchingiz jarohat oldi. Ularning ahvoli qanday?
- Hozircha aniq malumot yo'q. Umid qilamanki ular finalga tayyor bo'lishadi.
- Jamoaingiz musobaqa davomida hozircha bironta gol o'tkazmadi. Buning siri nimada?
Sadd Al SHehri: Futbolchilarim himoyada katta mehnat qilishmoqda. Ammo barchasi Allohdan. Bizning harakatlarimiz munosib taqdirlanmoqda.
Hamid Abdullo: Og'ir o'yin bo'ldi. SHukrki, gol urib, yakunda g'alaba qozondik. Barcha jamoadoshlarimni va bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar