So’nggi yangiliklar

01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  1 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  3 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  52 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  30 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  109 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  697 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0

Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Ertaga mazkur terma jamoa bilan kubokni, keyingi jamoa bilan esa Olimpiadaga yo'llanma olishni istayman" Yangiliklar

Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Ertaga mazkur terma jamoa bilan kubokni, keyingi jamoa bilan esa Olimpiadaga yo'llanma olishni istayman"

Ertaga U-23 Osiyo kubogi final o'yinida O'zbekiston U-23 va Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoalari chempionlik uchun bahs olib borishadi.

O'yindan avval o'tkazilgan matbuot anjumanida Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi Sadd Al SHehri va o'yinchi Hussain Alessa qatnashdi.

- Janob murabbiyning final haqidagi fikrlari qanday?

- Birinchi navbatda, ikkala jamoani ham final bilan tabriklayman. O'z shogirdlarimdan faxrlanaman. Bu biz uchun ikkinchi final bo'ladi. Xudo xohlasa ertaga kubok bilan uyga qaytamiz. 

- O'yinchi Hussain Alessaning final haqidagi fikrlari qanday?

- Finaldagi jamoalarni tabriklayman. Ikkala jamoa ham finalgacha uzoq yo'lni bosib o'tdi. Bu erda ekanligimdan baxtliman. Ertaga g'alaba qozonishga harakat qilamiz. 

- Murabbiyga savol. Ertangi o'yindagi g'alabani tanlagan bo'larmidingiz yoki ikki yildan keyingi Olimpiada yo'llanmasinimi?

- Ertaga mazkur terma jamoa bilan kubokni, keyingi jamoa bilan esa Olimpiadaga yo'llanma olishni istayman. Ikkala maqsadga erishish ustida ishlamoqdamiz. Har bir musobaqa biz uchun muhim. 

- Xayrli kun, janob murabbiy. O'zbekiston termasidagi futbolchilar Jasur Jaloliddinov va Hojimat Erkinov haqida fikr bildirsangiz...

- Menimcha, O'zbekiston juda kuchli jamoa. Nazarimda ular bu musobaqaga anchadan beri tayyorgarlik ko'rishmoqda. Siz sanagan o'yinchilar ham yuqori saviyada. Biz esa ushbu o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Bu biz uchun juda muhim. 

- O'zbekiston jamoasi ushbu musobaqada 12 ta gol urdi. Saudiya Arabistoni O'zbekistonga qarshi qanday himoyalanadi?

- Ularda kuchli jamoa shakllangan. SHu bilan birga, Saudiya Arabistoni ham kuchli jamoa hisoblanadi. Ertaga juda kuchli o'yin bo'ladi. Bu Osiyo futboli uchun ajoyib bahs bo'ladi.

- Saudiya Arabistoni ushbu musobaqada gol o'tkazib yubormadi. Finaldan so'ng ham ushbu natijani saqlab qolishni maqsad qilyapsizlarmi?

- SHunga umid qilamiz. Buning uchun koncentraciyani yo'qotmasligimiz kerak. Biroq bu final. Balki, raqib gol urishga erishar, ammo biz g'alaba qozonishni ko'proq istaymiz.

- O'yinchi Hussain Alessaga savol. Ertaga O'zbekiston U-23 terma jamoasi stadion to'la muxlislar bilan o'ynaydi. Saudiya Arabistoni bunga tayyormi?

- Biz bunday sharoitda o'ynashga o'rganib qolganmiz. Bu muammo tug'dirmaydi.

- Hussain Alessaga savol. Saudiya Arabistoning ko'p o'yinchilari gol kiritishmoqda. Bu jarayon qanday sodir bo'lmoqda?

- Jamoadagi har bir o'yinchimiz gol urishi mumkin. Bu albatta yaxshi. Ertaga ham biz gol kiritib, finalda kerakli natijani qayd etishga harakat qilamiz. 

- Janob murabbiy, ushbu musobaqada ikkinchi marta g'olib bo'lishingiz mumkin. Bu qanday hislarni beradi?

- Albatta, bu avlod avvalgisidan farq qiladi. SHu bilan birga, bu jamoa bilan tayyorgarlikni olti oy oldin boshladik. Yo'limizda kuchli jamoalarga duch keldik va olti oylik tayyorgarlik bilan finalgacha etib keldik. Bu albatta juda yaxshi natija. Hozirda kelajakni o'ylashni boshlaganmiz. Ertaga kubokni qo'lga kiritsak, hammasi yaxshi bo'ladi. 

- Murabbiyga savol. Guruh bosqichida Tojikiston termasi bilan kurash olib bordingiz. Ushbu terma jamoa va O'zbekiston o'rtasidagi farq haqida gapirsangiz?

- O'ylashimcha, ikki jamoa o'rtasida farq katta. O'zbekiston taktik jihatdan kuchliroq jamoa.  Ammo biz O'zbekistonga qarshi o'ynashga tayyormiz. Ertaga Osiyo futbolining rivojiga hissa qo'shidigan o'yin bo'ladi.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика