Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogi uchun yakuniy qaydnomani elon qildi
02 jan 2024 21:53
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogi uchun yakuniy qaydnomani elon qildi
Asosiy etakchilar tarkibda, faqatgina termaning uzoq yillik sardori Salmon Al Faraj yo'q. 2022 yil O'zbekistonda o'tgan U-23 Osiyo Kubogida porlagan himoyachi Saud Abdulhamid ("Al Hilol") va vinger Ayman Yahyo ("Al Nassr") ham ro'yxatda bor. Terma jamoaning uzoq yillik asosiy qanot himoyachilari Yosir al-SHahroni, Sulton al-Gannam va al-Burayklar umuman yo'q. Roberto Manchini qanot himoyasida o'zgarishlarga qo'l urgan.
26 kishilik ro'yxatdan ushbu futbolchilar o'rin oldi:
Darvozabonlar: Ahmad al-Kassar ("Al Feyha"), Ragid Najjar, Navaf al-Aqidi ("Al Nassr").
Himoyachilar: Saud Abdulhamid, Hassan al-Tambakti, Ali al-Bulayhi, Nosir al-Davsari (barchasi "Al Hilol"), Ali Lajami ("Al Nassr"), Avn al-Saluli ("Al Taavoun"), Hassan Kadesh ("Al Ittihod"), Favaz al-Suqor ("Al SHabab").
Yarim himoyachilar: Eid al-Muvallad ("Al Ahdud"), Muhammad Kanno, Abdulelah al-Malki ("Al Hilol"), Abbos al-Hassan, Muhtor Ali ("Al Fateh"), Abdulrahmon G'arib, Sami al-Naji, Abdulloh al-Haybari, Ayman Yahyo (barchasi "Al Nassr"), Faysal al-Gamdi ("Al Ittihod").
Hujumchilar: Salim al-Davsari, Solih al-SHehri (ikkisi ham "Al Hilol"), Feras al-Brikan ("Al Ahli"), Abdulloh Radif, Fahad al-Muvallad (ikkisi ham "Al SHabab").
Qayd etish kerak, ayni damda Roberto Manchini ushbu terma bosh murabbiyi hisoblanadi.
Osiyo Kubogi boshlanishiga qadar Saudiya Arabistoni termasi 4 yanvarda Livan, 9 yanvarda Falastin hamda 10 yanvarda Gonkong termalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi. Jamoaning qita kubogidagi ilk uchrashuvi 16 yanvar kuni Ummonga qarshi bo'lib o'tadi.
|
Saudi Arabia Abdulrahman Ghareeb - 78', Ali Al-Bulayhi - 90' |
Asian Cup Grp. F . 1-tur 16/01/2024, 22:30 1
:
2
Tugadi
|
Oman Salaah Al-Yahyaei - 14' |
Stadion: Khalifa International Stadium, 41987 tomoshabin
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar