Saudiya Arabistoni murabbiyi yoki futbolchilari jarimaga tortilishi mumkin
01 fev 2024 23:27
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni murabbiyi yoki futbolchilari jarimaga tortilishi mumkin
Arablar Qatarda o'tkazilayotgan Osiyo kubogining 1/8 finalida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo'yib, musobaqani tark etdi.
Turnir avvalida termaning italiyalik bosh murabbiyi Roberto Manchini Sulton Al G'anim, Salmon Al Faraj, Navaf Al Aqidi kabi bir qator etakchi o'yinchilarni safga qo'shilishni istamaganligini aytib, ularni yakuniy ro'yxatdan tushirib qoldirgandi.
Endilikda mazkur qaror yuzasidan tekshiruv o'tkaziladi. Agar sanab o'tilgan futbolchilar chindan ham terma jamoaga yordam berishni istamagan bo'lsa, ular diskvalifikaciya qilinadi hamda 300 ming Saudiya reali (80 ming AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortiladi.
Agarda Manchining so'zlari yolg'on ekanligi aniqlancha, murabbiy bir yilga chetlatiladi va unga yuqoridagi summaga teng jarima solinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar