Ronaldo mashg'ulotlar haqida: "Meni 15 kilometrlab yugurishga majbur qilishardi, ammo bu menga kerak emas edi"
29 dek 23:53
Yangiliklar
Ronaldo mashg'ulotlar haqida: "Meni 15 kilometrlab yugurishga majbur qilishardi, ammo bu menga kerak emas edi"
"Barselona", "Real", "Inter", "Milan" va Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo mashg'ulot qilishni yoqtirmagani haqidagi stereotipga izoh berdi.
"Bu borada tushunmovchilik bor (kuladi). Jokovich aytganidek, tennisda hozir 10 yil oldingidek shug'ullanishmaydi. Hozir jismoniy tomonlama yaxshiroq shug'ullanyapmiz.
Avvallari meni Roberto Karlos va Kafu bilan birga yugurishga majbur qilishardi. Ular esa 10-15 kilometr yugurishardi. Ammo bu menga kerak emas edi. Men 15-20 metr masofani juda tez yugurib o'tishim kerak edi. Aytishim mumkinki, ushbu mashg'ulotlar faoliyatimdagi eng yomon davr bo'lgan.
Endi o'yinchilar ko'proq shug'ullanib, kamroq qiynalishadi. Mashg'ulotlar avvalgidan ko'ra samaraliroq bo'lgan. Agar hujumchi bo'lsangiz, 15 kilometr yugurishingiz shart emas; maxsus, o'ylab chiqilgan mashqlarni bajarishingiz kerak. Ular jamoadoshlaringiz uchun emas, siz uchun ishlab chiqilgan. Turli xil toifadagi o'yinchilar bor", – dedi Ronaldo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar