Sarvar SHoahmedov: "Muhimi, jamoamiz g'alaba qozonsa bo'ldi"
05 sen 2022 11:50
Yangiliklar
Sarvar SHoahmedov: "Muhimi, jamoamiz g'alaba qozonsa bo'ldi"
"Neftchi"ga qarshi kechgan bellashuvda "temiryo'lchilar" 7:4 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan keyin "Lokomotiv" klubi tajribali futzalchisi Sarvar SHoahmedov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Futzal bo'yicha yangi mavsum boshlangani bilan barchani tabriklayman. Tarkibimiz ancha yangilandi. Terma jamoa futbolchilari tark etganidan keyin ko'proq yoshlarga imkoniyat taqdim etilmoqda. Jamoamiz mavsum davomida yaxshi natijalar ko'rsatishga etibor qaratadi. Deylik, mana shu o'rinni olamiz? degan vazifa yo'q.
"Neftchi" qanday jamoa ekanini bilardik. O'tgan yilda ham ularga o'ynaganmiz. Jamoa yomon emasdi. Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Biz ularga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rganimiz, o'yin davomida sezildi. Natijada, g'alaba qozondik.
Mavsum davomida nechta gol urishimni ochig'i bilmayman. Men uchun asosiysi jamoa g'alaba qozonishda davom etsa, katta yutuq hisoblanadi.
"Maksam-CHirchiq" bilan bahsda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Jamoa ancha yosh, ko'p harakat qiladi. Qolaversa, tarkibida bir nechta tajribali futbolchilari bor. Qiyin o'yin bo'ladi", – dedi SHoahmedov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar