So’nggi yangiliklar

13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  2 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  0 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  22 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  13 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  12 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  24 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3

Samvel Babayan: "Muxlislar oldida qarzimiz qolib ketdi" (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Samvel Babayan: "Muxlislar oldida qarzimiz qolib ketdi" (to'liq matbuot anjumani)

Coca Cola Superligasi 26-turi doirasida "Navbahor" - AGMK (3:1) uchrashuvidan keyin Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.

- Barchaga hayrli kech. Qiziqarli o'yin bo'ldi. Odamlar yaxshi, hujumkor o'yin kutishgandi. Biz esa ularning istagini amalga oshirdik. CHempionatning etakchilaridan birini mag'lub etdik. Muxlislarimizni g'alaba bilan, yigitlarni esa chiroyli o'yin bilan tabriklayman. Mamlakatimiz futboli tarixidagi eng qiziqarli chempionat bo'ldi. Barcha so'nggi turgacha bosim ostida o'ynadi. Bunaqasi oldin hech qachon bo'lmagandi. Balki bu "Navbahor"ning qayta tug'ilishidir. "Navbahor" yana o'zbek futbolidagi top-darajaga qaytdi. Muxlislarni kumush medallar, kubok finali, OCHL bilan tabriklayman. Fikrimcha, biz bundan ortig'iga loyiq edik, birinchi navbatda kubokda. Raqibga hech qaysi jihatda yutqazmasdan sovrinni qo'ldan chiqardik. "Nasaf" kichik laxzada barchasini o'ziniki qilib ketdi. CHempionlikka ham "Navbahor" barchadan ko'ra munosibroq edi. CHunki jamoadagi deyarli barcha narsani yangilay oldik. Muxlislar faktori, o'yinga bo'lgan qiziqish oshdi. Namanganda odamlar futbol uchun qattiq qayg'uradi. Bu erdagilar futbolni rivojlantirish uchun katta mehnat qilishyapti, yoshlar va o'smirlar futboliga etibor oshmoqda. Muxlislarga ham katta sovg'alar tayyorlamoqchi bo'lgandik. Demak, bizga nimadir etishmadi. Balki resurslar kamlik qilgandir. CHunki biz ikki frontda kurashdik. CHempionat tugashiga 3 tur qolganida finalni o'ynadik, albatta, bunday paytda bor kuchni kubokni olishga ishlatamiz. "So'g'diyona"ga qarshi yarim final o'yini qo'shimcha bo'limlarga ham borib, katta kuchni oldi. "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabriklayman. Ular bizning finalni televizor orqali tomosha qilishdi. Biz ularni turnirdan chiqarib yuborgandik. Kuchli jamoa finalda adolatsiz tarzda mag'lub bo'ldi. Biz mavsumni munosib yakunlashimiz kerak edi. Barcha yigitlarga rahmat aytaman, ular kerakli kuchni topib, so'nggi turgacha barchani hayajonda ushlab tura olishdi. Bekobodda og'ir o'yin bo'ldi. Tushib ketish zonasidagi katta ishtiyoqqa ega "Lokomotiv" maydonida juda og'ir o'yin o'tkazdik. Bugun ham so'nggi 3-4 yil davomida etakchilardan biri bo'lgan, sifatli o'yin ko'rsatayotgan raqibni mag'lub qildik. Yigitlarga yana rahmat deyman. Ular hozirgi hurmatdan ortig'iga loyiq. Ular hech kimni uyaltirib qo'yishmadi. SHu sababli ularga katta sharoitlar yaratib berishdi. Finaldan keyin jamoalarning kayfiyati o'zgardi. Ularda pasayish bo'ldi. Buni natija ham aytib turibdi. Yana nima demoqchiman. Bu yili yoshlarimizga ham etibor berishga harakat qildik. Mavsum yakuni oldidan bo'lgan uchrashuvda Namangan Hokimi ham yoshlarimizni maqtab o'tdi, ular ushbu mavsum sovrin yutishdi yoki yaxshi natijalarga erisha olishdi. Bugun esa 16 yoshli futbolchi debyut qildi, bu ham yaxshi faktor. "Navbahor"ning kelajagi buyuk. Klubdagilar barchasi vertikal bo'lishi uchun barcha jihatlarga etibor bermoqda. Bugun va ertaga jamoa sharafini himoya qilish uchun maydonga tushadigan yoshlar juda ko'p. Og'ir mavsum o'tdi. Haliroq bir qator saytlarning jurnalistlari bilan uchrashmoqchiman, ularga aytar gaplarim bor. Bizdek ishtiyoqqa to'la jamoani jahlini chiqarish uchun ko'p narsalarni to'qib chiqarishdi. Ushbu mavsumda "Navbahor"da birorta navbatchi o'yin bo'lmadi. Ha, biz deyarli barcha etakchilarni mag'lub etdik. Biroq turnir jadvalida pastki o'rinlarda borayotgan jamoalar muammo tug'dira olishdi. Balki ikki yoki uch gol bizni chempionlikdan ayirgan bo'lishi mumkin. Og'riqlimi? Yo'q! Bunday chempionat hammaga kerak. Barcha jamoalar so'nggi daqiqalargacha kurashib, o'ynashi kerak. "Navbahor" faktori esa o'zbek futbolining rivojiga hissa qo'shdi deya olaman. Futbol mamlakatimizda yana qadrlana boshladi. Bu juda muhim. Bu keyinchalik ham davom etishini istardim. Babayan bormi yoki yo'qmi, farqi yo'q. Bugun yigitlar bilan yaratgan tariximiz keyin ham davom etishini istayman. Bu o'zbek futbolining rivojiga turtki bo'ladi. Bu ertaga o'zbek futbolida o'ynaydigan yoshlarning iqtidori ochilishiga sabab bo'ladi.

- Ushbu mavsumda "Navbahor"ning eng zaif nuqtasi chap qanot bo'ldi. Bunga qanday qaraysiz?

- Fikringiz to'g'ri. SHunchaki bizda ikki frontda kurashish uchun resurs etmadi. CHunki biz biroz boshqacha futbol namoyish qildik. Bunga sabab bor. CHunki biz Golbanni markazdan o'ngga ko'chirdik. Igorga rahmat aytaman, u barqaror mavsumni o'tkazdi. Garchi o'ziga noqulay bo'lsa-da, qo'lidan kelgancha o'zini namoyish qila oldi. Mavsum davomida kadrlar muammosi bo'ldi, bu jarohatlar bilan bog'liq. Qarang, bugun zaxiramizda ikki nafar 16 yoshli futbolchi o'tirdi. Yana bir qancha yoshlar guruhimiz bor. Mavsum davomida pozicion kamchiliklar bo'lgan joylarimiz bor. Buni shunchaki hal qilish kerak. Ushbu mavsum yakunlandi va keyingisi uchun tayyorgarlikni boshlaymiz. Aytganingizdek, ushbu qanotni kuchaytiramiz, boshqalarini ham. CHunki kelasi mavsumda uch frontda kurashni boshlaymiz. SHu sababli sifatliroq futbolchilar kerak. Jurnalistlar bilan mavsum boshida uchrashganimda OCHLga chiqish asosiy maqsadimizligini aytgandim. Asosiy vazifa bajarildi. Xudo xohlasa, OCHL o'yinlarini ushbu stadionga olib kelamiz. "Navbahor" bunga haqli. Qolganlari esa yo'l-yo'lakay hal qilinadi. Biz bosqichma-bosqich rivojlandik, so'nggi 7 o'yinni ajabtovur o'tkazdik. O'yindan-o'yinga jamoa sifatliroq o'yin ko'rsatib bordi. So'nggi turgacha chempionlikni aniqlab bo'lmaydigan darajaga olib keldik. Bunday holatni odamlar orzu qilishadi. Mana nima uchun ishlashimiz kerak. Kelasi mavsumda bunday bo'lmaydi. Faqatgina chap qanot emas, bizda barchasi kuchli bo'ladi. Biz so'nggi bir necha yil davomida bir tarkib bilan o'ynayotgan jamoalarga qarshi kurashdik. Bugun chempion bo'lgan "Paxtakor" so'nggi yillar davomida bir tarkibni ushlamoqda. "Nasaf" esa o'sha tarkib bilan o'ynamoqda. Ular bilan jang olib bordik. Bazida omadimiz kelmadi.

- Bizning mahalliy yosh futbolchilarimiz asosiy tarkibga kirishga qiynalishdi.

- Yoshlar uchun qishda yig'inlar tashkil qilindi. Hech nima suniy bo'lgani yo'q. Barchasi tabiiy ko'rinish oldi. Bugun Mo'ydinov maydonga tushdi, u jamoaning kelajagi. Ertaga Iskanderov ketsa, o'rniga u o'ynaydi. U mahalliy futbolchimiz. Bugun Asad maydonga tushdi va juda foydali o'ynadi. Jo'raboev ham zo'r o'ynadi. Barchasi to'g'ri yo'nalishda davom etmoqda. Bugun mavsumda ilk marta bir o'yinda 3ta gol urdik. Resurslar kamligi uchun ko'plab o'yinlarda kichik hisoblarda yutdik. Asosiy jamoa bilan ishlayotgan yosh futbolchilar guruhi bor. Ular kelasi yili jamoa bilan yig'inlarda qatnashadi. Nasib qilsa, asosiy tarkibda maydonga tushishadi. 

- Kelajakdagi rejalaringiz.

- Mavsum o'rtasida imzolangan shartnomam bor. Meni bir qiziq principim bor - qaerda bo'lsam ham jamoam chempionlik uchun kurashadi. SHu sababli rahbariyatdagilar mening vazifamni amalga oshishida qattiq harakat qildi. Agarda shunday vazifa bo'lsagina o'z shartnomamga sodiq qolaman. Futbolchilarni jamoaga taklif qilish, olib kelish bobida menda hech qanday muammo yo'q. Ammo shunisi borki, bunisi juda muhim. Men xursand bo'lyapmanmi, demak, muxlislarni ham xursand qilishim kerak. Balki bir mavsumning o'zidayoq asosiy vazifani bajarishimiz mumkin edi - ham kubok, ham chempionlik. Bo'lishi mumkinmidi? Ha. Bunga bir qadam qolgandi. Demak, muxlislar oldida qarzimiz qolib ketdi. SHu sababli vada beramanki, ushbu muxlislar hali ko'p xursand bo'lishadi.

- Deyarli barcha murabbiylar "Navbahor"da ishlashni istashadi, xuddi ovga chiqqandek. Bu ishtiyoq boshqalarga qanday keladi?

- Ilk navbatda aytishim mumkinki, faoliyatimni "Navbahor"da boshlaganman. O'zbek futbolining bayroqdori "Navbahor" rahbariyatida ishlab, murabbiylarga ham yordam berganman. O'tgan mavsumda "Navbahor" 10-o'ringa tushib qolib, holatni og'irlashtirib qo'ygani uchun holatni to'g'irlab qo'yish kerak edi. O'shanda "Navbahor" muxlislar etiboridan chetda qolayotgandi. Mening vazifam esa jamoani oldingi holatiga qaytarish bo'ldi. Bu erda 25 yoshligimda ishlaganman. Ustozim Viktor Jalilov. Ajoyib futbolchilar bilan ishlaganman, omadim kelgan deyishim mumkin. Hozir ham o'qituvchim yonimda. SHu sababli shunchaki oldingi xursandchilikni shu erga qaytarishni istadim. 

- Jamshid Iskanderov hujumchilarni to'p bilan taminlashda ajoyib o'ynamoqda. Uning ajoyib paslari va zarbalari bor. Balki uni hujumda sinab ko'rish kerakdir.

- Bu fikringizga qo'shilmayman. Hujumda o'ynashi uchun unda gavda yo'q. Jamshid - jamoaviy futbolchi. Tushundingiz-a? Bunday futbolchilarning atrofida o'yin quriladi. Ayni damda u chempionatning eng yaxshi futbolchilaridan. Muzokaralar vaqtida uni Koreyadan qaytarishdan oldin unga "Navbahor"ning brendini qaytarishni, shuningdek, terma jamoa uchun loyiq futbolchi ekanligini isbotlashi kerakligini aytdim. Bugun muxlislar va mutaxassislar ko'ryaptiki, u hozir eng iqtidorlilaridan biri. SHomurodov, SHukurov, Masharipov avlodidagi futbolchi. Bazi muxlislar shunchaki Iskanderovning o'yinini tomosha qilish uchun ham kelishadi. Bu ham yaxshi faktor.

- Yarim finalda "So'g'diyona"ga qarshi o'yindagi penaltilar seriyasida ilk zarbani Rustam Ashurmatov berdi. Bu murabbiylar ko'rsatmasimidi yoki futbolchining tashabbusi?

- Faoliyatimda juda ko'p penaltilar seriyasi bo'lgan. Milliy termada, "Paxtakor"da. 2004 yilgi Osiyo kubogida yarim finalga chiqishimiz mumkin edi. Hamdo'stlik kubogida shu faktor bilan bir necha o'yinlarni boy berganmiz. Buning uchun nima qilish kerak. SHu sababli bunday o'yinlardan oldin penaltilar bobida ishlash kerak. "Paxtakor" bilan 2007 yil penaltilar seriyasida g'olib bo'lib, kubokni olganimizdan keyin bu borada ko'p ishlay boshladik. Har bir futbolchi penaltini qanday tepish kerakligini aniq bilishi kerak. Barchaga buni bo'lib berdik. Agarda "Nasaf" bilan o'yinni ham seriyaga olib borganimizda, aniq finalda yutgan bo'lardik.

- "Metallurg"ga qarshi o'yinda futbolchilar shunchaki kasal bo'lishi ham mumkin edi. Nima sababli jamoa yozgi liboslarda maydonga tushdi?

- Libosning ichidan kiyadagina maxsus maykalar bor. Kimdir buni kiydi, kimdir yo'q. Biz fors-major holatiga tushib qoldik, plyus maydon holati ham pand berdi. SHu sababli barchasi xarakterga bog'liq bo'lib qoldi. 

- Ko'plab muxlislar faqatgina jamoa yutganidan keyin maydonni o'pishingizni tanqid qilishadi. So'nggi g'alabalar davomida biz buni ko'rmadik. Nimaga?

- Bazi o'yinlar shunchaki finalga teng bo'ladi. Masalan, ikkinchi davra boshida "Nasaf"ga qarshi o'yin. Ajoyib maydon, ajoyib stadion. Emociyalar bilan keyingi harakatlarimni boshqara olmay qoldim. Bugun esa mavsum yakuni. Balki ko'p narsa xissiyotlarga boy tarzda o'tmagandir. SHunday bo'lsa-da, ushbu ajoyib maydonda katta natijalarga erishib, birgalikda qo'lga kiritgan natijalar uchun muxlislar bilan xursand bo'ldim.

Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика