Samvel Babayan: “Sabr qilsak, “Andijon” faxrlanadigan darajadagi jamoaga aylanadi”
25 dek 07:32
Yangiliklar
Samvel Babayan: “Sabr qilsak, “Andijon” faxrlanadigan darajadagi jamoaga aylanadi”
- Afsuski, juda muhim bahsda mag'lubiyatga urchadik. Bu o'yindagi ijobiy natija guruhdan chiqish imkoniyatinimizni hosil qilardi. Albatta, o'zimizdan ko'ra kuchliroq jamoaga yutqazdik, deb o'ylayman. Uchrashuvga uchta muhim komponentni belgilab olgandik. O'yinni tashkil qilish, yuqori tartib-intizom va g'alabaga bo'lgan ishtiyoq. Aynan shu omillarni vazifa qilib belgilagandik. Afsuski, biz faqat g'alabaga bo'lgan ishtiyoqni ko'rsata oldik, xolos. Boshqa yo'nalishlar bo'yicha esa biz raqib bilan raqobatlasha olmadik. Obektiv yondashadigan bo'lsak, yigitlarni jon-jahdi bilan harakat qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular maydonda nima qilish kerak bo'lsa barchasini bajarishdi. Umumiy manoda, futbolchilarga etiroz yo'q. “Al-Ahli”ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. “Andijon” esa o'ylaymanki, g'alabalarini keyingi mavsumda davom ettiradi.
- “Andijon” uchun joriy yilgi mavsum tugadi. Endi keyingi yil uchun rejalar qanday?
- Yuqori natijalarga erishish va o'zbek futbolida o'z o'rnimizni yanada mustahkamlash uchun selekciya ishlarini amalga oshirishimiz kerak. Bu borada kerakli ishlarni amalga oshiryapmiz. Darajasi yuqori bo'lgan o'yinchilar bilan shartnomalar tuzdik. Keyingi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qilishadi. O'ylaymanki, yangi keladigan futbolchilar va olib borayotgan ishlarimiz “Andijon”ni kuchli jamoa sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Bu orqali muxlislarimizni xursand qilamiz. Sabr qilsak, “Andijon” faxrlanadigan darajadagi jamoaga aylanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar
Тешик варатар
Тахта хужимчи Билан 10 йил сабр кисакхам хеч нарса эриша олмайсан
Манимча операция ҳам қилинади