City Football Group Hindiston klubidagi ulushini sotdi
26 dek 15:47
Yangiliklar
City Football Group Hindiston klubidagi ulushini sotdi
Bu haqda klub matbuot xizmati elon qildi.
CFG bayonotiga ko'ra, xolding Hindiston Superligasining kelajagi noaniqligi sababli shunday qaror qabul qilgan va o'zining 65 foiz ulushini sotmoqda. Endi klub boshqaruvi uning asoschilari qo'liga o'tadi.
Qayd etilishicha, Hindiston chempionati hozirda tijoriy hamkor topishdagi qiyinchiliklar sabab xavf ostida. Shuningdek, mamlakatda pasayish (diviziondan tushish) tizimi mavjud emas — bu tizim o'tgan mavsumga qadar joriy etilishi rejalashtirilgandi, ammo amalga oshmadi.
"Manchester Siti"dan tashqari, City Football Group tarkibiga quyidagi klublar ham kiradi:
"Jirona", "Nyu-York Siti", "Melburn", "Montevideo", "Yokogama", "Palermo", "Bolivar" va Braziliyaning "Baiya" jamoasi.
Avvalroq City Football Group'da ulushga ega bo'lgan Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi Electronic Arts kompaniyasiga homiy bo'lishi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, City Football Group shu yilning yozida O'zbekistonda o'z klubiga ega bo'lishi mumkinligi haqida ham malumot chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar