So’nggi yangiliklar

13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  0 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  8 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  5 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  5 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  11 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  22

O'zbekiston futbolchilar uyushmasining 2025 yilgi bosh assambleyasi o'tkazildi Yangiliklar

O'zbekiston futbolchilar uyushmasining 2025 yilgi bosh assambleyasi o'tkazildi

2025 yil O'zbekiston futboli tarixida oltin harflar bilan yoziladigan yil bo'ldi. Orzular haqiqatga aylangan, yillar davomida kutib kelingan marralar zabt etilgan, futbolimiz o'zining yangi qiyofasini namoyon qilgan yil sifatida yodda qoldi.

Milliy terma jamoamizning ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishi butun xalqimizning qalbida g'urur va iftixor tuyg'ularini uyg'otdi. Shu bilan birga, o'smirlar terma jamoalari qita miqyosida tengsiz ekanini isbotlab, mamlakat futboli kelajagi ishonchli qo'llarda ekanini namoyon etdi.

Ana shunday tarixiy yil yakuni arafasida kecha Toshkent shahrida yangidan barpo etilgan Milliy futbol markazida O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Futbolchilar uyushmasi hamkorligida yilning eng muhim tadbirlaridan biri — Futbolchilar uyushmasining 2025 yilgi asssambleyasi bo'lib o'tdi. Bu tadbir oddiy yig'ilish emas, balki futbolimizning o'tmishi, buguni va ertangi kunini bir nuqtaga jamlagan manaviy maydonga aylandi.

Assambleyada futbolimiz faxriylari, milliy terma jamoa safida turli yillarda yurtimiz sharafini himoya qilgan sobiq futbolchilar, hududiy futbol associaciyalari vice-prezidentlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Ular orasida bir vaqtlar stadionlarda minglab muxlislarning olqishi ostida to'p surgan, bugun esa o'z tajribasini yoshlarga ulashib kelayotgan qahramonlar bor edi. Ular orasida Mirjalol Qosimov, Sergey Lebedev, Abdusamad Do'rmonov, Muxtor Qurbonov, Anvar G'ofurov, Evgeniy Valickiy, Murod Aliev, Ignatiy Nesterov kabi nomlar bor edi.

Yig'ilish kun tartibidagi masalalar muhokama etilgandan so'ng, ishtirokchilar uchun yangi qurilgan Milliy futbol markazi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida mehmonlar zamonaviy talablarga to'liq javob beradigan infratuzilma, futbolchilarni tayyorlash, jismoniy tiklash va reabilitaciya qilish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan tanishdilar. Bu majmua nafaqat bino, balki kelajakdagi g'alabalarning mustahkam poydevori ekani alohida takidlandi.

Tadbir davomida so'zga chiqqan O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov so'nggi yillarda amalga oshirilgan tizimli ishlar va ularning samaralari haqida to'xtalib o'tdi. O'FA prezidenti maslahatchisi Avaz Azizxo'jaev esa futbolni ommaviylashtirish va yoshlar bilan ishlash masalalarida qo'lga kiritilayotgan yutuqlarni alohida qayd etdi. Futbol faxriylari Azamat Abduraimov, Birodar Abduraimov, shuningdek, sobiq futbolchilar Anzur Ismoilov, Aziz Ibragimov, Farhod Tojiev va hududiy futbol associaciyalari vakillari o'z chiqishlarida bu yilgi tarixiy yutuqlar tasodif emasligini, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va to'g'ri boshqaruv natijasi ekanini takidladilar.

Assambleya yakunida ishtirokchilar yagona fikrda birlashdilar: bugungi yutuqlar — faqat boshlanish. Milliy futbol markazi, kuchli infratuzilma va birlashgan jamoatchilik bilan O'zbekiston futboli oldida yanada katta marralar, yangi g'alabalar turibdi. 2025 yil esa ana shu ulkan yo'lning yorqin boshlanishi sifatida tarixda qoladi.

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi assambleyasidan to'liq suratlarni saytimizning maxsus bo'limida tomosha qilishingiz mumkin >>>>> GALEREYA

Reyting:    

Fikrlar

   
26 dek 21:46:18
Abdusalom Mirzayev
Равшан Эрматов Азаматга, Игнатийга ЎФАданми ПФЛданми иш бериши керак.
   
26 dek 17:18:41
dessi anvar
ҳааа биз зўрмиз ошни сузларинг қўдалар келди битта битта зарбоп тўн кейгизинг , машоғда йўқ ўроғда йўқ хирмонда ҳозир , ким бўлар?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика