Superliga intensivligini oshirish masalasida IFAB bilan rasmiy kelishuvlar boshlandi
26 dek 13:52
Yangiliklar
Superliga intensivligini oshirish masalasida IFAB bilan rasmiy kelishuvlar boshlandi
Bundan ko'zlanayotgan maqsad Superliga uchrashuvlari davomida futbol intensivligini oshirish va toza o'yin vaqti masalasida sezilarli ijobiy o'zgarishlarga erishishdir.
Shu yilning iyul oyida Liga ishchi guruhi MLS bilan uchrashuvlar o'tkazgan bo'lib, yuqoridagi masala doirasida Amerika ligasi qanday yo'lni bosib o'tgani va aynan nimalarga urg'u berayotganligini o'rgangandi. Ayni vaqtda IFAB ham mazkur tajribaning qanday qo'llanilayotgani va uning foydasi masalasida tahlillar olib bormoqda. Bu haqda Devid Ellerey shu yilning noyabr oyida Afinada bo'lib o'tgan Jahon ligalari associaciyasining yillik yig'ilishida 45 mamlakat Ligalari rahbarlariga malumot taqdim etgan, shundan so'ng Liga bosh direktori Diyor Imomxo'jaev Superliga yangiliklarni qabul qilishga ochiq ekanligi masalasida Ellerey bilan alohida suhbat o'tkazgandi.

Mazkur masalani amalga tatbiq etishda birinchi navbatda klublar roziligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni inobatga olgan holda Liga 20 oktyabr kuni professional futbol klublari rahbarlari bilan uchrashuvda mazkur masalani kun tartibiga kiritgan bo'lib, unga ko'ra Superliganing barcha klublari toza va murosasiz futbol uchun xizmat qiladigan yurishni qo'llab-quvvatlagandi. Liga klublar roziligini olgach, Associaciya va Liga o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda esa O'FA taklifni har tomonlama o'rganib chiqqan holda maqulladi.
O'zbekiston tomonining taklifi asosida IFAB futbol qoidalariga kiritilishi rejalashtirilayotgan yangi o'zgarishlarni Superliga miqyosida ham sinovdan o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi. Yangiliklarni amalga oshirish, qoidalarning qanday mexanizmlar asosida ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, Devid Ellerey Toshkentga taklif etildi va u katta ehtimol yanvar oyida o'z tashrifini amalga oshirishi mumkin.
Futbol intensivligi va toza o'yin vaqtini yaxshilash yo'lidagi mazkur qadam Liga uchun muhim hisoblanadi. Qo'shimchasiga Liga futbolchilar harakatlarini har taraflama chuqur tahlil qiladigan jahonning etakchi kompaniyalaridan biri bilan hamkorlikda ishlashni davom ettirayotgan bo'lib, tez orada mazkur masalada ham yakuniy kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan. Bu boradagi barcha o'zgarishlar haqida keyinchalik batafsil malumot beriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar