Salim Mustafoev: "Dinamo"da ikkinchi yoshligimni o'tkazyapman"
22 sen 09:55
Yangiliklar
Salim Mustafoev: "Dinamo"da ikkinchi yoshligimni o'tkazyapman"
"Superligada oson o'yin yo'q. SHu bois yirik hisobdagi g'alabani engil qo'lga kiritdik demagan bo'lardim. "Olimpik" futbolchilari yosh bo'lishiga qaramay maydonda o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishdi. Biz esa tajriba evaziga g'alaba qozondik.
Jamoamizda ichki muhit yaxshi. Vadim Abramov qo'l ostida yoshligimda ham ko'p o'ynaganman va talablarini bilaman. Qaysidir manoda ikkinchi yoshligimni o'tkazyapman.
Superligada "Nasaf"da chempionlik uchun imkoniyat yuqoriroq. Lekin OKMK, "So'g'diyona" raqobat qilishga harakat qilishyapti. "Paxtakor" ochko yo'qotmaganida balki ular ham kurashga qo'shilishlari mumkin edi. Yakunda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. SHunisi aniqki, Superligada jamoalar darajasi tenglashgan",- deydi Salim Mustafoev.
Fikrlar