So’nggi yangiliklar

11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  5 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  7 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  9 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2

Salamat Quttiboev: “Buxoro” bilan kelishib qo'ygach, “Nasaf”ga uzurimni aytdim” Yangiliklar

Salamat Quttiboev: “Buxoro” bilan kelishib qo'ygach, “Nasaf”ga uzurimni aytdim”

Qoraqalpog'istonlik futbolchi Salamat Quttiboev yangi mavsumni “Buxoro”da boshlaydigan bo'ldi.

Olmaliqliklar bilan xayrlashgan markaziy yarim himoyachi kuni-kecha yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi. SHu munosabat bilan Salamatdan intervyu oldik.

- “Buxoro”ga aytishingiz qanday amalga oshdi?
- Bu erga men jamoa murabbiyi Tachmurod Agamurodovning taklifiga binoan keldim. Malum muddat mashg'ulotlarda ishtirok etganimdan so'ng, klub menga shartnoma taklif qildi. Bitimdagi shartlar har ikki tomonni to'la qoniqtirgani bois, unga imzo chekdim.  

- Aytishlaricha sizga oliy liganing boshqa jamoalaridan ham qiziqish bo'lgan ekan. SHu rostmi?
- Ha, yashirmayman takliflar bor edi. Ammo Buxoroning taklifi menga boshqalarnikidan maqul keldi. Boz ustiga uyimga yaqin.

- “Nasaf”ga o'tishingiz borasida xabarlar chiqqandi. Nahotki chempionlar ligasida ishtirok etishni istamagan bo'lsangiz?
- Menimcha har qanday futbolchi nufuzi yuqori bo'lgan musobaqalarda qatnashishni xohlaydi. To'g'ri, qarshiliklar ham meni o'z safida ko'rishni istab, taklif qilgandi. Lekin men avvalroq Tachmurod Agamurodov bilan kelishib qo'ygandim va u kishiga vada bergandim. SHundan so'ng “Nasaf”ga uzurimni aytdim.  


- Yangi jamoaga moslashib ketishi jarayoni qanday kechmoqda?
- Yomon emas. “Buxoro”ning tarkibi bu yil deyarli yangitdan tuzilmoqda desa ham bo'ladi. Menimcha mavsum startiga qadar bir-birimizni so'zsiz tushunadigan darajaga chiqamiz.

- Siz xarakat qiladigan markaziy yarim himoyada raqobat biroz kuchlidek ko'rinmoqda. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Haqiqatdan ham shunday. Bu chiziqqa yana bir nechta o'yinchi kelishi ham mumkin. SHunga qaramay “Buxoro”da ham asosiy tarkibda o'ynash uchun bor kuchim bilan xarakat qilaman. Raqobatni esa bo'lgani yaxshi.

- Darvoqe, o'tgan yili “Olmaliq”da ham asosiy tarkib o'yinchisiga aylanib ulgurgandingiz. Qolaversa bu klubda moliyaviy muammolar yo'q deyishadi. Igor SHkvirin sizni bu yil ham jamoasida olib qolishga xarakat qilgandir?
- Nazarimda unaqaga o'xshamadi. Qolishimni juda istashganida bu borada muzokara o'tkazishardi. Hech qanday nido chiqmagach, oldimda turgan boshqa variantlar haqida o'ylay boshladim.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика