Igor Sergeev: "Ilk daqiqalardan vaqt cho'zish holati kuzatildi, muhimi g'alaba qozondik"
30 sen 11:20
Yangiliklar
Igor Sergeev: "Ilk daqiqalardan vaqt cho'zish holati kuzatildi, muhimi g'alaba qozondik"
"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Surxon"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qiyin o'yin va himoyada mustahkam o'ynaydigan jamoaga qarshi to'p tepdik. Bundan tashqari ilk daqiqalardan vaqtni cho'zish holatlari uchradi. Bu o'yin tempiga tasir o'tkazdi. Muhimi g'alaba qozondik, oldinga intilishda davom etamiz. Gol urib jamoamga yordam berganimdan xursandman. Keyingi o'yinga tayyorlanamiz",- deydi Igor Sergeev.
- "Paxtakor" ketma-ket uchinchi o'yinda gol urishga qiynaldi. Hujumda nima etishmayapti?
- Ochig'i bu savolni berishingizni kutgandim. Biz ham buni yaxshi tushunib turibmiz. Yigitlar, murabbiylar bilan tahlil qilyapmiz. 3 ta raqib ham himoyada yaxshi o'ynashdi. Uchinchi o'yinda gol urdik, biz bu borada ishlashda davom etamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar