Nodirbek Ahmadjonov: "Buxoro"ning tarixiga hissa qo'shganimdan baxtiyorman, finalda ham gol urishni niyat qilganman"
26 sen 10:10
Yangiliklar
Nodirbek Ahmadjonov: "Buxoro"ning tarixiga hissa qo'shganimdan baxtiyorman, finalda ham gol urishni niyat qilganman"
Klub o'z tarixida ilk bor O'zbekiston Kubogi finaliga chipta qo'lga kiritdi. "So'g'diyona" bilan kechgan gollarga boy o'yinda Aleksandr Xomyakov shogirdlari 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Hali qiluvchi muhim golni 21 yoshli Nodirbek Ahmadjonov raqib darvozasiga joyladi. Tabiiyki, o'yindan so'ng uning taassurotlarini tingladik.
"O'yin juda qiziqarli bo'ldi deb o'ylayman. "Buxoro" birinchi marotaba finalga chiqdi va bunga hissa qo'shganimdan xursandman. Menga berilayotgan ishonchni oqlashga va unumli foydalanishga harakat qilyapman. Jamoamizning barcha muxlislarini tarixiy g'alaba bilan tabriklayman. Finalda ham gol urishni niyat qilganman.
Bosh murabbiyimiz imkoniyat berdi. Faoliyatim davomida ilk bor yarim finalda o'ynadim, masuliyatli uchrashuv edi. Debyut golim bo'ldi. Buning uchun ota-onamga katta rahmat aytaman. Ularning duosi bilan shu ergacha etib keldim. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman",- deydi Nodirbek Ahmadjonov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar
Ўзбекистон Кубоги, Финал:
Бухоро – Пахтакор