Ekspert fikri. Kamoliddin Murzoev: "Jamoalar yarim finalga shunchaki kelib qolmaganini isbotlay olishdi"
26 sen 12:01
Yangiliklar
Ekspert fikri. Kamoliddin Murzoev: "Jamoalar yarim finalga shunchaki kelib qolmaganini isbotlay olishdi"
O'zbekiston Kubogining yarim finallari murosasiz o'tgani bilan barchani etiborda ushlab turdi.
Dastlab "Buxoro" so'nggi daqiqalarda gol urib, "So'g'diyona"ni (3:2) yutgan bo'lsa, "Paxtakor" penaltilar seriyasida (4:2) "Dinamo"ni engdi. Bu o'yinlar yuzasidan ekspert Kamoliddin Murzoev fikrlarini bildirdi.
"Teng kurashlar ostidagi 2 ta yarim finalga guvoh bo'ldik. Jamoalar yarim finalgacha shunchaki etib kelmaganini isbotlay olishdi. "Buxoro"da ham shiddatli va tomoshabop o'yin kechdi. Toshkentda "Dinamo" "Paxtakor"ga munosib qarshilik ko'rsata oldi deb o'ylayman. Final o'ziga xos, oldindan hech bir jamoani favorit sifatida ko'rsatib bo'lmaydigan, muxlislarga yoqadigan bo'lishi kutilmoqda", – deydi Kamoliddin Murzoev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar
олиб Пахтакорни ее босмаса БУХОРОдан Хар нарса кутиш мумкин.Бухорога финалда омад