So’nggi yangiliklar

16:49Ана холос! "Арсенал" Экитикега кўз тикди  0 16:20"Футбол олами". "Бухоро" тарихда илк бор, "Пахтакор" 4 йилдан кейин финалда!  0 16:20Про лига. "Локомотив" тур марказий баҳсида "Арал" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 16:09ПСЖ юлдузи бошқа клубга ўтиш ҳақида жиддий ўйламоқда  2 16:05Суперлига. "Насаф" – "Хоразм" 2:1  0 15:34Трамп ЖЧ-2026 ўтказиладиган шаҳарларни ўзгартириши мумкин  3 15:05ПФЛ "Навбаҳор" клубидаги вазиятни ўрганишни сўраб Ассоциацияга мурожаат йўллади  8 14:31Ўзбекистон ҚФФ президенти туфайли Қозоғистон билан ўйнашдан бош тортди  21 14:05"Пахтакор" – "Динамо" учрашувидаги вазият атрофида мунозара: ЎзФҲМ ва Championat.asia сайтининг ҳакамлик бўйича эксперти қандай фикрда?   10 13:54"Барселона" Рэшфорднинг келажаги борасида бир қарорга келди  3 13:23Салоҳ, Рафинья, Ямаль ва "Бавария" юлдузи: Европанинг мавсум бошидаги энг креатив футболчилари  4 12:55"Пахтакор" пенальтилар сериясига кўра "Динамо"дан устун келиб, финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:28Марко Колакович: "Финал ҳақида ўйлашга ҳали жуда эрта"  1 12:01Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Жамоалар ярим финалга шунчаки келиб қолмаганини исботлай олишди"  4 11:35Абдурауф Бўриев: "Муҳими, ўзимизга керакли натижани қайд этдик"  1

PFL "Navbahor" klubidagi vaziyatni o'rganishni so'rab Associaciyaga murojaat yo'lladi Yangiliklar

PFL "Navbahor" klubidagi vaziyatni o'rganishni so'rab Associaciyaga murojaat yo'lladi

Superliga 22-turidan o'rin olgan "Buxoro" klubiga qarshi o'yinda "Navbahor" 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

20 sentyabr sanasida bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi. 

Rossiyalik mutaxassisning matbuot anjumanida bildirgan fikrlari Liga etiborini tortdi. Unda Lushchan ayrim futbolchilar raqib jamoa foydasi uchun harakat qilganligini va bu kabi holatlar tegishli organlar tomonidan o'rganib chiqilishi lozimligini qayd etgan. Bunga qadar ham murabbiy matbuot anjumanlarida bir qator keskin fikrlar bildirgan bo'lib, ularda nomma-nom sanamagan bo'lsa-da, o'zining ayrim shogirdlariga nisbatan konkret ayblovlari borligini bildirgandi. 

"Navbahor" klubidagi muhit Liga nazdida sog'lom emasdek taassurot uyg'otadi. Garchi, klub mavsumning birinchi davrasini ko'tarinki ruhda o'tkazgan bo'lsa-da, moliyaviy tomondan qiyinchiliklar mavjud ekanligi ko'rinib turdi. Xususan, na klub va na viloyat hokimligi tomonidan Associaciya hamda Ligaga taqdim etilgan kafolatlarga amal qilindi. Ayni vaqtda ham klub eski qarzdorlikni bartaraf eta olmagan. Shunga qaramay, klub mavsum boshida xorijiy yig'inda ishtirok etdi va ayrim tajribali futbolchilarni o'z safiga qo'shishda davom etdi. Lushchan tomonidan bildirilayotgan fikrlarning haqiqatga qanchalik yaqin ekani, klubdagi vaziyatga moliyaviy holat qanchalik tasir qilayotgani, futbolchilar oldida ehtimoliy qarzdorlikning mavjud ekanligi ularning sport formasi hamda kayfiyatiga qanday tasir ko'rsatayotgani va oxir-oqibat bu holatlar klub natijalarida qanday rol o'ynayotganligi Liga uchun muhim hisoblanadi.  

Boisi, Sergey Lushchan tomonidan yuqorida bildirilgan fikrlar ichki chempionatning sport yaxlitligi, undagi sog'lom raqobat va haqqoniy o'yinlar masalasiga nisbatan qator savollarni keltirib chiqaradi. Agar murabbiyning fikrlari va yoki unda mavjud shubhalarda asos mavjud bo'lsa, endilikda bu faqatgina klubning ichki ishi bo'lmaydi va u tabiiyki, Superligadagi sog'lom raqobat masalasiga putur etkazadi. Aksincha holat bo'lib, murabbiy o'z bayonotlari uchun asos topib bera olmasa, demak, u o'z so'zlariga qo'shimcha izoh berishi shart.  

Shularni inobatga olgan holda, "Navbahor" klubidagi vaziyatni o'rganish uchun Liga Associaciyaning Futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspekciyasiga murojaat qilishni lozim deb topdi. So'nggi bor maxsus inspekciya shu yilning iyun oyida futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonidagi qalbaki hujjatlar masalasini o'rganib, masalaga to'la oydinlik kiritib bergandi. Umid qilamizki, yuqoridagi masala ham atroflicha o'rganib chiqiladi va uning xulosasi Liga azosi bo'lgan har qanday klub va uning rasmiylariga ogohlik bo'lib xizmat qiladi", – deyiladi xabarda.

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
26 sen 15:16:50
dinamo_real
Качондан Лушчан россиялик мутахассис буп колди.
+1   
26 sen 15:37:48
СПАРТАК НАВСЕГДА
Лушчандан қутулиш учун футболчилар ўйнамай қўйишган бўлса - катта ахмоқгарчилик бу.

Агар Лушчанни гаплари тасдиқланмаса - тухмат қилгани учун жавобгарликга тортиш керак.
   
26 sen 16:57:07
bekaka
Шу узбек футболида навбахор ку́п тренда турадида хар йили канакадир яхши ёки ёмон хабарлари мухокамаларга сбабб буладида
   
26 sen 16:27:53
Saidjahon
Чалгимелар бу ерда гап Лушанни кайси миллатданлиги хакида гап кетмаяпти Навбахор хакида кетяпти.
   
26 sen 15:55:40
barselona7
dinamo_real foydalanuvchining fikriga javob berish
Качондан Лушчан россиялик мутахассис буп колди.
2005 йилда Россия фуқаролигини олгандан бери.
   
26 sen 15:47:15
KVARTS DSS
KVARTS DSS foydalanuvchining fikriga javob berish
5:0 dan keyin. 38 mln aholi bilib oldi..... Sergey lushchan Rossiyalik
Mazgiyoblar Lushchan Bekobodlik ekanku
   
26 sen 15:44:47
KVARTS DSS
5:0 dan keyin. 38 mln aholi bilib oldi..... Sergey lushchan Rossiyalik
   
26 sen 15:25:34
Аслиддин
dinamo_real foydalanuvchining fikriga javob berish
Качондан Лушчан россиялик мутахассис буп колди.
Унда Россия паспорти булса керак
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика