So’nggi yangiliklar

19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  0 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  3 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  1 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  0 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  5 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  5 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  22 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  6 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  2 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  7

Nematulla Quttiboev: "Hali hech kim hech narsa yo'qotmadi. Kurash so'nggi turgacha davom etadi" Yangiliklar

Nematulla Quttiboev: "Hali hech kim hech narsa yo'qotmadi. Kurash so'nggi turgacha davom etadi"

Pro-liganing 15-turi doirasida "Lokomotiv" - "Aral" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Nematulla Quttiboev matbuot anjumanida qatnashdi.


- "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun qiziq o'yin bo'ldi. Ikkinchi bo'limda raqiblar gol urib ketdi. Bizda esa futbolchilarimiz uch marta birga-bir chiqib gol ura olmadi. Bizda g'alaba qozonish uchun etarlicha vaziyatlar bo'ldi. Bugun jamoam yomon o'ynamadi, ayniqsa ikkinchi bo'lim oxirlarida yaxshi harakat qildik. Yana bir marta takrorlayman, bunday o'yinlarda yutish uchun gol urish kerak.

- Statistika shundayki, "Lokomotiv" o'z maydonida "Aral"ni mag'lub qiladi, "Aral" esa o'z maydonida "Lokomotiv"ni. Bu so'nggi turgacha davom etarmikin?

- Xudo xohlasa. Endi biz "Lokomotiv"ni o'z maydonimizda mag'lub etamiz.

- Superliga uchun kurash so'nggi turgacha davom etarmikin?

- Hozir Superliga uchun uchta jamoa kurash olib bormoqda. Hali hech kim hech narsa yo'qotmadi. Kurash so'nggi turgacha davom etadi deb o'ylayman.

- "Aral" jamoasiga mavsum boshida qanday vazifa qo'yilgandi va bu qanchalik amalga oshirilmoqda?

- Har o'yindan keyin shu savol beriladi. Vazifamiz - har o'yinda maydonga chiqib, g'alaba qozonish va muxlislarni xursand qilish. 

- Bugun birgina vaziyat o'yin taqdirini hal qildi. Ushbu vaziyat haqida fikringiz. O'sha paytda jamoa qanday xatoga yo'l qo'ydi?

- Himoyachilarimiz chuqur himoyalandi, uch markaziy himoyachi bir-biriga qarab qoldi. Yarimta vaziyat edi. Tayanch hududida esa futbolchilar etiborsizlikka yo'l qo'yishdi. Shu xatoning o'zi o'yin taqdirini hal qilib ketdi.

- Bugun 6 ochkolik o'yin bo'ldi deb hisoblaysizmi?

- Ha. Ayniqsa biz uchun.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика