So’nggi yangiliklar

14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  4 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  41 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  8 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 11:36Катанец нега ҳимоячи ўрнига ярим ҳимоячи, ярим ҳимоячи ўрнига эса ҳимоячини чақиради?   18 10:48Ди Канио: "Бу иши учун МЮ директорларини қамаб қўйган бўлардим"  4 10:37Про лига. 20-турнинг қолдирилган учрашувини Шавкат Насибуллаев бошқариб боради  0 10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  34 10:07Гюлер: "Анчелотти билан муаммолар йўқ"  0 09:34Испания Суперкубоги форматида ўзгариш бўлди  0

Ro'ziqul Berdiev: “Tezkor gol ishimizni osonlashtirdi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Tezkor gol ishimizni osonlashtirdi”

Matbuot anjumanining navbatdagi qismida "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev o'yin haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

-O'zlaringiz o'yinni ko'rdilaringiz, uchta gol bilan g'alabaga erishdik. Ammo biz bu hisobni birinchi bo'limdayoq tabloga yozdirib qo'yishimiz mumkin edi. Juda ko'p vaziyatlarni puchga chiqardik. O'yin to'liq ustunligimizda o'tdi. “SHo'rtan” jamoasini bugun himoyada o'ynashini bilar edik. Tezkor kiritgan golimiz ishimizni ancha osonlashtirdi. Bunda Abdurahimov professionallarcha harakat qildi. Umuman kerakli g'alabani qo'lga kiritganimizdan mamnunman.

Penaltini nega CHeran amalga oshirmadi? Bugungi o'yinda agar penalti bo'lsa, kim uni amalga oshirishini oldindan rejalashtirganimiz yo'q edi. Buni maydondagi o'yinchilarning o'zi hal qilishdi.

Bugun Bobir Abduxoliqov bizga yordam bera olmadi,  bunga sabab u o'tgan o'yinda kichik jarohat olgan edi, shunga tavakkal qilishni hohlamadik. Bugun yana o'yin davomida etakchilarni almashtirdik, bunga sabab keyingi muhim o'yinimizni ham hisobga olganimiz bo'ldi.

Yigitlarga endi uch kun tatil beramiz. Jamoamiz 13 noyabrdan yig'iladi va navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni boshlashadi. Mashg'ulotlarni yordamchi murabbiylarimiz Minchev va Sibagatullinlar o'tkazib turishadi. Biz esa 15 noyabrdan mashg'ulotlarga qo'shilamiz.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика