Timur Kapadze: "Qura yaxshi o'tdi, hammasini vaqt ko'rsatadi"
18 iyu 09:29
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Qura yaxshi o'tdi, hammasini vaqt ko'rsatadi"
Kecha Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida JCH-2026 saralash bosqichinining 4-raundiga qura tashlandi.
Qurada O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etdi. Biz terma jamoamiz ustozining qura haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
"Qura yaxshi o'tdi, menimcha har bir jamoada imkoniyat bor. Katta ustunlikka ega jamoalar deyarli yo'q. To'g'ri, Qatar va Saudiya Arabistoni uyda o'ynaydi. Albatta ularda imkoniyat ko'proq desak ham bo'ladi. Qatar guruhida BAA, O'mon, Saudiya Arabistonining guruhida Iroq, Indoneziya kabi yaxshi jamoalar bor. Oldindan bir narsa deyish qiyin. Barchasini vaqt ko'rsatadi",- deydi Timur Kapadze.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar