So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  38 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  63 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  11 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Evrokubokda aqldan ozdiradigan kambek! Finlyandiya klubi "Barselona" va "Real"ning qahramonligini takrorladi Yangiliklar

Evrokubokda aqldan ozdiradigan kambek! Finlyandiya klubi "Barselona" va "Real"ning qahramonligini takrorladi

Konferenciyalar Ligasining birinchi bosqichida ajoyib kambek yuz berdi.

Finlyandiyaning XIK klubi Farer orollarining "Runavik" jamoasiga qarshi birinchi o'yinda mehmonda – 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, o'z uyida kambekni amalga oshirdi – 5:0.

XIK 15-daqiqadanoq bir kishi ko'p o'ynadi, ammo ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan to'rtinchi daqiqadaga kelibgina hisobni tenglashtirdi. G'alaba to'pi 93-daqiqada, yani birinchi qo'shimcha taymning uchinchi daqiqasida kiritildi.

XIK javob o'yinida darvozasi tomon 60 ta zarba yo'llab, 20 ta burchak to'pini amalga oshirdi va qo'shimcha bo'limlarda baribir beshinchi golini urib, oldinga o'tib oldi. 

120+ daqiqalik statistika: 

Zarbalar bo'yicha – 60:3

Aniq zarbalar — 15:0

Burchak zarbalari – 20:2

To'pga egalik qilish – 69% ga 31% 

XIKning Konferenciyalar Ligasi ikkinchi bosqichidagi raqibi Bolgariyaning "Arda" jamoasi bo'ladi – o'yinlar 24 va 31 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

Ilgari KLda 0:4 dan so'ng bunday hol kuzatilmagan. Biroq boshqa evrokuboklarda bunday holatlar uch marta ro'y bergan.


ECHL-2016/17. 1/8 final

"Barselona" (Ispaniya) – PSJ (Franciya)

0:4, 6:1

Umumiy hisob – 6:5


UEFA Kubogi (hozirda Evropa Ligasi) – 1985/86 yilgi mavsumning ikkinchi saralash bosqichi

KPR (Angliya) – "Partizan" (Serbiya)

6:2, 0:4

Umumiy hisob – 6:6, "Partizan" mehmondagi gol qoidasi tufayli keyingi bosqichga yo'l olgan.


UEFA Kubogi – 1985/86 yilgi mavsum 1/8 final bosqichi

"Borussiya" Myonxengladbax (Germaniya) – "Real" (Ispaniya)

5:1, 0:4

Umumiy hisob – 5:5, "Real" mehmondagi gol qoidasi tufayli keyingi bosqichga yo'l olgan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика