So’nggi yangiliklar

17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  0 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  1 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  2 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  95 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2

Terma jamoaga xorijlik murabbiy kerakmi? Yangiliklar

Terma jamoaga xorijlik murabbiy kerakmi?

Oxirgi paytlarda O'zbekiston milliy terma jamoasiga chetdan murabbiy kelishi haqida ko'p gaplar yangrayapti.

Bugungi axborot asrida biror malumotni bekitish nihoyatda qiyin bo'lib qoldi. Internet sabab ko'p narsani tezroq bilib olyapmiz. Dastlab Yoaxim Lyov terma jamoamizni boshqarishi mumkinligi haqida o'qidik, so'ngra Slaven Bilich nomzodi paydo bo'ldi.

Ikkala mutaxassis ham o'ziga yarasha kuchli va futbol olamida katta obro'ga ega. Masalan, Yoaxim Lyovni olaylik. 65 yoshli murabbiy 2006-2021 yillarda Germaniya milliy terma jamoasini boshqarib, 2008 yil Evropa chempionatida qatnashgan. O'shanda nemislar finalga qadar borib, hal qiluvchi o'yinda Ispaniyaga 0:1 hisobida yutqazishgandi.

Oradan ikki yil o'tib Germaniya Lyov qo'l ostida JARda o'tkazilgan Jahon chempionatida ishtirok etib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Qizig'i, Germaniya 1/2 finalda yana Ispaniyaga mag'lub bo'lib, 3-o'rin uchun bahsda Urugvayni 3:2 hisobida mag'lub etgandi. So'ngra terma jamoa Evro-2012da qatnashdi va yana 1/2 finalda Italiyaga yutqazib qo'yadi.

Lyovning shubhasiz eng katta yutug'i - 2014 yilgi Jahon chempionatida ro'y bergan. "Nemis mashinasi" o'sha yil finalda Argentinadan 1:0 hisobida ustun kelib Jahon kubogini qo'lga kiritgandi. Bu yutuq tabiiyki jamoa bosh murabbiyi uchun ulkan sharaf keltirib, Yoaxim Lyov FIFA tomonidan "Yilning eng yaxshi murabbiyi" deb topiladi.

Oradan ikki yil o'tib Evropa chempioni bo'lish maqsadida yo'lga chiqqan Lyov jamoasini bu safar 1/2 finalda Franciya to'xtatib qoladi. 2017 yil o'tkazilgan Konfederaciyalar Kubogida esa Germaniya yaxshi o'yin namoyish etib oltin medallarni qo'lga kiritadi. Musobaqa finalida Lyov shogirdlari Chilini 1:0 hisobida mag'lub etishgandi.

2018 yil Rossiya mezbonlik qilgan Jahon chempionati Lyov uchun uchinchi mundial bo'ldi. Lekin bu musobaqa Germaniya uchun juda omadsiz kechib, terma jamoa guruhdan chiqa olmaydi. Jamoa dastlab Meksikaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. Keyinchalik Shveciya 2:1 hisobida mag'lub etilgani bilan guruhdagi uchinchi o'yinda "nemis mashinasi" kutilmaganda Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida yutqazib qo'yadi. Shu tariqa Germaniya o'z ishtirokini guruh bosqichida yakunlaydi. 

Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokka qaramay, Yoaxim Lyov terma jamoada qolish istagini bildiradi. Ammo natijalar ha deganda o'nglanmaydi. Germaniya 2020-21 yilgi UEFA Millatlar Ligasida Ispaniyaga 0:6 hisobi bilan sharmandali tarzda imkoniyatni boy beradi va 1931 yildan buyon davom etgan antirekordni takrorlaydi. 1931 yil Germaniya o'z maydonida Avstriyaga 0:6 hisobida yutqazib qo'ygan.

Lyov uchun terma jamoadagi oxirgi ish Evro-2020 musobaqasi bo'ldi. Kovid sabab 2021 yilga ko'chirilgan qita birinchiligida Germaniya Angliyaga yutqazib musobaqani tark etadi va shu bilan Lyovning terma jamoadagi 15 yillik missiyasi tugaydi. Hozirgi paytda ushbu mutaxassis ishsiz.

Endi qisman Slaven Bilichga to'xtalamiz. 56 yoshli xorvatiyalik mutaxassis 2006-2012 yillarda milliy termaga ustozlik qilgan. Aslida Slaven Bilich murabbiylik faoliyatini 2001 yil o'zining sevimli klubi "Xayluk Split"da boshlagan. Xorvatiya U-21 terma jamoasidagi ishidan so'ng 2006 yilga kelib milliy terma jamoani boshqarish taklifini qabul qiladi. O'shanda JCH-2006dagi muvaffaqiyatsiz ishtirok sabab avvalgi murabbiy Zlatko Kranchar istefoga chiqarilgandi.

Bilich uchun 2008 yilgi Evropa chempionati terma jamoa rulida birinchi katta musobaqa bo'ldi. Uning qo'l ostida xorvatlar chorak finalda Turkiyaga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etadi. To'rt yildan so'ng o'tkazilgan navbatdagi qita birinchiligida Xorvatiya guruhda Irlandiya ustidan zafar quchib, Italiya bilan durang o'ynab, Ispaniyaga mag'lub bo'lgan holda musobaqani guruh bosqichida yakunlaydi. Shunday qilib murabbiyning ham terma jamoadagi olti yillik faoliyatiga yakun yasaladi. 

Keyinchalik Slaven Bilich "Lokomotiv" Moskva (2012-13), "Beshiktosh" (2013-15), "Vest Xem" (2015-17), "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni, 2018-19), "Vest Bromvich" (2019-20), "Beyjing Goan" (2021-22), "Uotford" (2022-23) kabi klublarda faoliyat olib bordi. Murabbiyning oxirgi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Fateh" klubi bo'ldi. 2024 yil 16 avgust kuni Bilich va "Al Fateh" o'rtasidagi shartnomaga yakun yasaldi va shundan beri u ham ishsiz.


Bu gap haqiqatmi? 

O'zbekiston terma jamoasiga xorijdan murabbiy qidirilayotgani rostmi? Internetdagi yangiliklarga qarasak, haqiqatga o'xshaydi. Lekin O'FA vakilining aytishicha, bu gaplardan mutlaqo bexabar. Shu o'rinda agar xorijlik murabbiy kelsa, nimalar o'zgarishini ko'rib chiqamiz.

Birinchidan, kuchli murabbiy kelishi terma jamoamiz imidjiga juda katta tasir qiladi. Faraz qiling, Yoaxim Lyov O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu jahon futbol jamoatchiligi uchun ham katta voqea bo'ladi. Biz haqimizda nafaqat Osiyo, balki Evropa gapirishni boshlaydi. Futbolimizga qiziqish ortadi. Futbolchilar ham bunga boshqa nazar bilan qaraydilar. Har holda Yoaxim Lyov - katta shaxs.

Terma jamoamiz kelasi yil Jahon chempionatiga debyutant sifatida boradi. Hozirgi sharoitda bizga nisbatan qanchalik etiborli bo'lishadi, buni bilmaymiz. Har holda yuqori bo'lmasa kerak. Chunki nomdor o'yinchilarimiz yo'q. Lekin terma jamoa ruli nomdor murabbiy qo'lida bo'lsa, tashkilotchilar ham, OAV ham o'zgacha munosabatda bo'ladi. O'z paytida Togo terma jamoasi mundialda qatnashganida tarkibda Adebayordan boshqa hech kim bo'lmagani uchun etibor juda kam bo'lgandi.

Terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqishida Srechko Katanec katta hajmdagi ishni bajardi. Keyinchalik Timur Kapadze oxirgi to'rtta o'yinda uning ishini muvaffaqiyatli davom ettirdi. Lekin endi yana bir pog'ona yuqoriga qadam tashlash vaqti keldi. Biz Jahon chempionatiga shunchaki ishtirok uchun emas, guruhdan chiqish maqsadida borishimiz kerak va bunga imkoniyatimiz etarli.

Tarixda ilk bor Jahon chempionati 48ta davlat ishtirokida o'tkaziladi. Yangi formatdagi Jahon chempionatida jamoalar 4tadan 12 guruhga bo'linadi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa, shuningdek eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan 8ta 3-o'rin egalari ham keyingi bosqichga chiqadi. Bu degani biz "muzqaymoq eyish" uchun bormaymiz. 


Parijdagi natija

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi avvalgi yil Olimpiadaga chiqishni ajoyib tarzda uddaladi. Lekin Parijda o'tgan Olimpiya o'yinlarida futbolchilarimiz biz kutgan o'yinni namoyish qila olishmadi. Gap Ispaniya va Misrdan engilib, Dominikan Respublikasi bilan durang o'ynaganimizda emas. Gap bir ochko bilan guruhda oxirgi o'rinni olganimizda ham emas. Gap oradagi tafovutda, biz Osiyo chempionatida boshqacha jamoa edik. Ammo Parijda bu terma jamoa negadir o'zgarib qoldi. Umuman o'z o'yinimizni namoyish eta olmadik. 

Bu nimadan darak beradi? Terma jamoamizning kuchi haminqadar darajaga etib, keyingi pog'onaga chiqishda oqsoqlanyapmiz. Balki xorijlik kuchli murabbiy hozirgi darajamizdan bitta tepaga ko'tarar. Chunki Jahon chempionatida guruhdan chiqish uchun bemalol kurashsak bo'ladi. Hatto uchinchi o'rinni olgan 8ta jamoa keyingi bosqichga chiqqanidan keyin nega endi kurashmasligimiz kerak?


Xulosa o'rnida

Terma jamoamizning hozirgi bosh murabbiyi Timur Kapadze avvalgi intervyularidan birida shartnomam kuzda tugaydi, undan keyin nima bo'lishini bilmayman degandi. Odatda ko'p federaciyalar murabbiy vazifani bajarishi bilanoq yangi shartnoma taklif qilishadi. Lekin O'FA bunday qilishga shoshilmayapti va boshqa rejasi borga o'xshaydi. Kapadzega haligacha yangi shartnoma taklif qilinmagani O'FA boshqa murabbiy qidirayotganini anglatadimi? Shunday bo'lishi ham mumkin.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +6   

Fikrlar

+6   
18 iyu 14:51:27
Real-Madrid-17
Олимпиада хакида ёзилган нарса топа-тогри! Бизга хориждан тажрибали мутахасис керак, буни Сречко Катанец курган жамоа хам исботлаб кетди. Агар Йоахим Лёв келса - бу жудда катта фойда болади Узбек футболи учун! Кападзега рахмат, Узбек футболини тирик афсонаси !
+4   
18 iyu 15:04:07
Oscar Do Santos
Lyov kelsa ham Jahon chempioni bolishga davogarlik qilmaymiz. Lekin jahon etiboriga tushishimiz aniq. Futbolchilarimiz ham tanilib ketish imkoni oshadi menimcha. Va Lyov bizning futbolni yanada rivojlantiraolsa kerak. Yuz xotir qilib o'tirsak rivojlanolmaymizov
+4   
18 iyu 14:54:50
Odilbek Abdushukurov
Tajribali, natija ko‘rsatgan va qattiq qo‘l murabbiy kerak. Kapadzeni ham, Katanetsni ham mehnatini hurmat qilgan holda.
+3   
18 iyu 15:18:10
PFCNasaf (O‘zbekiston)
@# #@ foydalanuvchining fikriga javob berish
Kurdik xorijdan kegan murabbiylarni axvolini kuperiniyam kerak busa katanetsniyam kurdik Mundo iqtisodniyam uylash kerak
Иқтисодиётни ўйлаганимиз яхши, лекин футбол бўйича жаҳон чемпионатида ажойиб қатнашув иқтисодиётимизга қанчалик катта маблағ олиб келишини сиз хозир тассавур хам қилолмайсиз.
+3   
18 iyu 14:59:50
Рома
Термамизга хорижлик уз касбини устаси топ мураббий керак.Шунчаки номига хорижлик эмас
+3   
18 iyu 14:51:45
Абдугаффор . N
Керак .
+2   
18 iyu 17:02:19
Best Shop
Тимур Кападзе хакида баъзилар жуда бурттириб фикр билдирмокда. Бир нарсани унутмаслик керакки, айнан унга Олимпик ва ОТЖда берилган имконият билан бошка шу каби мураббийлар хам шу натижага етаклай олиш мумкин эди. Тимур Кападзеда ОТЖни куплаб аъзолари туп сурадиган Олимпик бор эди, бу дегани уни олдида деярли терма жамоа "база"сига айланиб колган таркиб билан жуда куп тажриба ва куникмаларни орттириш учун жуда катта вакт бор эди. Тимур Кападзе бу жамоани узок вакт тайёрлади ва узок йиллик кутилган режани амаллади. Бирок, бир нарсани унутмаслик керак, Осиё уйинларида таркиби бироз сусайган ёки узгарган ОТЖ билан Тимур Кападзе кунгилдагидек натижани кулга кирита олмади. Вахоланки, у ерда йигилган жамоаларнинг таркиби хам айтарли кучли футболчилардан ташкил топмаган эди. Олимпиададаги натижа хам мухим эмас, уйин жихатдан жамоамиз ёмон куринмади, бунданда кучлирок уйнай олишини хам амалда курсатди, бирок айнан мураббий танлаган футболчилар жамоани аввалдан тайёрланган богламларини узиб куйгандек булди. Бу дегани Тимур Кападзеда хали мухим карорлар кабул килишда тажриба етмаяпти. ЖЧдаги саралаш уйинларини олсак, Катаргача булган хар бир уйинда Катанецни уйин услубидан четга чикилгани йук. Кападзе олдида хам уша футболчилар ва уша коллектив бор эди. Факатгина натижа кулга киритилгани сабаб Катарни иккинчи таркибини асосий таркибимиз йирик хисобда нисбатан хотиржам холда ютиб куйишди.
+2   
18 iyu 15:52:40
Elyor Haydarov
ФУТБОЛНИ МУРАБИЙ ЭМАС ФУТ.ЧИЛАР УЙНАЙДИ УЙИНЧИЛАРГА ХАРИТАНИ АНИК ЧИЗИБ БЕРАДИГАН МУТАХАСИС КЕРАК КУРАМИЗ УША МУТАХАСИС КИМ БУЛАР ЭКАН УНИ ЧИЗАЕТГАНДА БИР ТОМОНИДА КАПАДЗЕ УШЛАБ ТУРСА ЕМОН БУЛМАСДИ ЧУНКИ УЙНЧИЛАРНИ ХАРАКТЕРНИ ЯХШИ БИЛАДИ






+2   
18 iyu 15:28:41
Барса1970

Темур сан хеч нима қилмадинг қолган ўйинларга М Қосимовми ёки бошқа қўйилганда хам бажарилар эди пишган овқатни хохлаган одам сузиб берарди яхшироқ тренер қўйиш керак
0
+2   
18 iyu 15:14:24
Soccerland777
Кападзе 36 ёшли қария ва пенсионер Ислом Тўхтахўжаевни мтж га чақиргани учун ҳам мтж га нолойиқ.... Минг зўр формада бўлсаям нотўғри қарор эди.
+1   
18 iyu 17:09:38
Abrorbek Abrorbek
Темурни ўзи қолавериши керак, ЖЧ жуда катта сакрай олмасак керак хар қандай мураббий билан. Темур қолса хар қандай холатда хам унга жуда катта тажриба бўлади. Шу тажрибалар орқали доимий ЖЧ га олиб чиқадиган Ватанпарвар мураббийга эга бўлишимиз мумкин.
+1   
18 iyu 16:41:04
Vatandoshingiz
Real-Madrid-17 foydalanuvchining fikriga javob berish
Олимпиада хакида ёзилган нарса топа-тогри! Бизга хориждан тажрибали мутахасис керак, буни Сречко Катанец курган жамоа хам исботлаб кетди. Агар Йоахим Лёв келса - бу жудда катта фойда болади Узбек футболи учун! Кападзега рахмат, Узбек футболини тирик афсонаси !
СИЗ УЗБЕК ФУДБОЛИНИ ТИРИК АФСОНАСИСИЗ ДЕБ ЖАРДАР ИТАРИБ ЮБОРИШ ТУГРИМИ!!
+1   
18 iyu 16:39:35
Ilyos Ismoilov
Temur Kapadzega qo'yib berish kerak! Hozir nohaqlik bo'ladi. Bizdan hozir natija kutilmaydi, tajriba kutiladi! Temur anoyi emas, shunchaki o'zimizniki! Oldingdan oqqan suvning qadri yo'qda! Chet ellik kelib bizni tushunguncha 1 yil o'tib ketadi. Undan ko'ra ichidagi odamga qo'yish kerak! Shunda pul ham, tajriba ham o'zimizda qoladi! Temur hozir eng yaxshi variant!
+1   
18 iyu 16:26:51
Vatandoshingiz
АГАР ХАММАСИНИ КАТАНЕС КИЛДИ ДЕСАНГИЗ БЕКОРЛАРНИ МИНГТАСИНИ АЙТИБСИЗ,КАТАНЕС БОРГАН ЖОЙГА АВВАЛ КУП БОРГАНМИЗ!!!!!АММО КАПАДЗЕ КЕРАКЛИ НУКТАДА АДАШМАДИ
+1   
18 iyu 15:54:09
Elyor Haydarov
ФУТБОЛНИ МУРАБИЙ ЭМАС ФУТ.ЧИЛАР УЙНАЙДИ УЙИНЧИЛАРГА ХАРИТАНИ АНИК ЧИЗИБ БЕРАДИГАН МУТАХАСИС КЕРАК КУРАМИЗ УША МУТАХАСИС КИМ БУЛАР ЭКАН УНИ ЧИЗАЕТГАНДА БИР ТОМОНИДА КАПАДЗЕ УШЛАБ ТУРСА ЕМОН БУЛМАСДИ ЧУНКИ УЙНЧИЛАРНИ ХАРАКТЕРНИ ЯХШИ БИЛАДИ






championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика