Yamalning otasi o'g'lini tanqid qiluvchilar haqida: "Odamlar boshqalarga qaraydi, keyin hasaddan o'ladi. Bu ularning muammosi".
18 iyu 15:37
Yangiliklar


Yamalning otasi o'g'lini tanqid qiluvchilar haqida: "Odamlar boshqalarga qaraydi, keyin hasaddan o'ladi. Bu ularning muammosi".
"Barselona" vingeri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui o'g'liga nisbatan qilingan tanqidlarga javob qaytardi.
Futbolchi yaqinda 18 yoshini nishonladi. Bayramga mitti odamlar tashrif buyurishdi. Shundan so'ng shu kabi kasallik bilan og'rigan odamlar associaciyasi ispaniyalikni o'yin-kulgi uchun mittilarni yollaganlikda ayblab bayonot bilan chiqdi, shuningdek, Ijtimoiy huquqlar vazirligi tekshiruv o'tkazishni so'radi.
"Tanqidlarga emas, o'z fikrimga tayanaman. Va o'g'lim hamma narsani to'g'ri qilyapti, tamom. Faqat odamlar o'zlariga etibor berish o'rniga boshqalarga qarashadi, keyin hasaddan o'lishadi. Bu ularning muammosi.
U yosh yigit. Odamlar tushunishi kerakki, u endigina 18 yoshga kirdi va u ham hayotdan biroz zavqlanishga haqli. Uning professional sportchi ekanligini hammamiz tushunamiz, lekin u ham hamma kabi bola", – dedi Nasraui.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Демак Ямални атрофидагилар фақат пахта қўювчилар экан, бола узоққа бориши қийин.
Лекин бошқа пайтлардаям фақат маишатда юрганини назарда тутгандим.
Тўғриси келажакда жуда кучли футболчи бўлишига, фаолиятини узоқ, стабил давом эттиролишига ишонмай қўйдим.