"Andijon" klubi "Paxtakor"ning uch nafar futbolchisini o'z safiga qo'shib olganini elon qildi
16 iyu 00:30
Yangiliklar


"Andijon" klubi "Paxtakor"ning uch nafar futbolchisini o'z safiga qo'shib olganini elon qildi
Avvalroq, bu haqda xabar berilgandi.
"Andijon" klubi rasman "Paxtakor"dan Otabek Jo'raqo'ziev, Muhammadali Usmonov va Saidumarxon Saidnurullevni o'z tarkibiga qo'shib olganini malum qildi. Avvalroq, Championat.asia saytida bu haqda xabar qilingandi. Malumotlarga ko'ra, Jo'raqo'ziev "Andijon" safija ijara asosida to'p tepadi.
Usmonov 2023 yildan buyon "Paxtakor" safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Yaqinda Angliyaning KPR klubi kuzatuvida bo'lib turgan Saidnurullaev esa 2023 yildan beri "sherlar" safida 14 ta bahsda ishtirok etib 2 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatamani amalga oshirdi.
Jo'raqo'ziev esa joriy mavsum 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta golga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar