So’nggi yangiliklar

18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  0 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  3 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  70 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  9 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  13 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14

Superliga-2025. Birinchi davradagi eng yaxshi 10 ta transfer Yangiliklar

Superliga-2025. Birinchi davradagi eng yaxshi 10 ta transfer

Yaqinda 2025 yilgi mavsum birinchi davrasida Superliganing eng yaxshi 10 ta futbolchisi haqida so'zlab bergandik. Bu safar eng yaxshi transferlar haqida hikoya qilamiz.

Faqat mavsum boshlanishidan oldin jamoasini o'zgartirgan futbolchilar hisobga olindi. Baholashda quyidagi ko'rsatkichlar ham etiborga olindi:

• O'yinlar soni (shu jumladan, asosiy tarkibda boshlagan o'yinlar soni);

• Himoyachilar uchun – yutib olingan yakkama-yakka kurashlar, to'p olib qo'yishlar va shu kabi harakatlar foizi;

• Yarim himoyachilar uchun – uzatmalar soni va ularning aniqligi;

• Hujumchilar uchun – samarali harakatlar, aldab o'tishlar, o'tkir uzatmalar soni va hokazo;

• Jamoa yutuqlariga qo'shgan hissa.

Husayn Norchaev ("Nasaf")

Norchaevni "Nasaf" uchun bu so'zning to'liq manosida yangi o'yinchi deb bo'lmaydi. Husayn – klub tarbiyalanuvchisi, uning hisobida qarshinliklar safida 100 dan ortiq o'yin bor. Biroq 2025 yilgi mavsum boshlanishidan oldin u "Neftchi"dan "Nasaf"ga qaytib keldi, shuning uchun u baribir bizning ro'yxatimizdan o'rin oldi. Norchaev "Nasaf" safida Superligada 15 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi. U Superliga to'purarlari ro'yxatida uchinchi o'rinda turibdi – faqatgina Sergeev (11) va Doriev (9) undan ko'proq gol urgan. Husayn zarbalar soni bo'yicha kuchli beshtalikka kiradi (jami 35 ta yoki o'yin boshiga 2,8 ta) va zarbalar aniqligi bo'yicha eng yaxshi natija ko'rsatmoqda (zarbalarning 57 foizi darvoza tomon aniq yo'naltirilgan). Bundan tashqari, u raqib jarima maydonida o'rtacha 4 marta to'pga teginyapti va bu ko'rsatkich bo'yicha Superligada 6-o'rinda turibdi. Umuman olganda, Norchaev raqib uchun jiddiy xavf tug'diradi.

Gilerme Gedesh ("Navbahor")

Braziliyalik futbolchi "Navbahor"ga Braziliyaning to'rtinchi divizionidan kelgan va "Transfermarkt" saytida bozor qiymati ham bo'lmagan. Biroq Gedesh darhol Namangan klubida asosiy tarkibning ishonchli o'yinchisiga aylandi: u Superligada 14 ta o'yinda qatnashdi va barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Faqat bitta o'yinni sariq kartochkalar to'plangani sababli o'tkazib yubordi. Shuningdek, u ikkita gol urganini ham takidlash lozim. Himoyachining asosiy vazifalariga kelsak, Gilerme o'z poziciyasida to'pni olib qo'yish (har o'yinda 69 ta yoki 4,4), havodagi kurashda g'alaba qozonish (51,7%), uzoq masofaga to'p uzatish aniqligi (63,7%) va oldinga yo'naltirilgan uzatmalar soni (har o'yinda 151 ta yoki 9,6) bo'yicha eng yaxshi o'yinchilar qatoriga kiradi.

Abbos G'ulomov ("Navbahor")

"Navbahor"ning yana bir vakili bo'lgan G'ulomov namanganliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo uch mavsum davomida "Neftchi" tarkibida to'p tepgan. Yil boshida Abbos o'z klubiga qaytdi. U Superligadagi 15 ta o'yinda "gol+pas" tizimida 7+1 ko'rsatkichga erishdi (ligada 10-o'rin). Qizig'i shundaki, G'ulomov qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadamlar qatorida bo'lmasa-da, o'zining samarali harakatlari bilan "Navbahor"ga katta foyda keltira oldi.

Brayan Riaskos ("Paxtakor")

Riaskos Superligadagi mavsum boshlanishidan oldinoq o'zini namoyon qildi. U "Al Sadd"ga ikki gol urdi va "Al Hilol"ga qarshi o'yinda golli uzatma amalga oshirdi. Igor Sergeev yuqori formada bo'lganini hisobga olsak, kolumbiyalik futbolchining asosiy tarkibdan joy olishi oson bo'lmadi. Biroq Brayan mukammal "joker"ga aylandi va zaxiradan tushganidan so'ng bir necha bor gol urdi va golli uzatmalar berdi. Masalan, u "Nasaf"ga qarshi o'yinda (2:2) "Paxtakor"ning kambekini boshlab berdi va 90-daqiqada hisobni 1:2 ga etkazdi. Shuningdek, O'zbekiston kubogida "Nasaf" va "Olimpik-MobiUz"ga qarshi o'yinlar ham alohida etiborga loyiq, ularda Brayan uchta gol urdi. Superligada esa Riaskosning hisobida 11 ta o'yin, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma bor. "90 daqiqada kutilgan gollar" ko'rsatkichi bo'yicha kolumbiyalik futbolchi O'zbekiston chempionatida 6-o'rinni egallab turibdi (0,5).

Bashar Resan ("Paxtakor")

Iroqlik yarim himoyachi "Paxtakor"ning birinchi davradagi eng yaxshi assistenti hisoblanadi – uning hisobida Superligada 12 o'yin va 6 ta golli uzatma mavjud. O'zbekiston chempionatida undan ko'proq golli uzatma faqat "Navbahor" qanot hujumchisi Alisher Odilovda (8 ta) mavjud. Bundan tashqari, Resan ikkita gol urdi. Bashar Superliganing eng yaxshi o'yinchilaridan biri hisoblanadi. U har o'yinda o'rtacha 3,4 ta uzatma beradi va ularning aniqligi 31 foizni tashkil etadi. Shuningdek, u har o'yinda 4,9 marta raqiblarini aylanib o'tishga harakat qiladi (jami 42 ta urinish) va bu harakatlarning 59,6 foizi muvaffaqiyatli yakunlanadi.

Ibrohimxalil Yo'ldoshev ("Neftchi")

3,5 yildan so'ng Yo'ldoshev O'zbekistonga qaytdi. Ibrohimxalil ushbu mavsumda medallar (balki chempionlik ham) uchun kurashayotgan "Neftchi"ning muhim qismiga aylandi. Yo'ldoshev faol o'yin ko'rsatib, hujumda katta foyda keltirmoqda. U Superligada 12 ta o'yinda "gol+pas" tizimi bo'yicha 3+1 ko'rsatkichga erishdi. Yo'ldoshev bir o'yinda o'rtacha 2,1 ta zarba yo'llamoqda, bu qanot himoyachisi uchun juda yuqori natija hisoblanadi. Himoyachilar orasida hech kim Ibrohimxalildan ko'proq darvozaga zarba bermagan. Shuningdek, u ko'p uzatma amalga oshirgan (jami 35 ta / o'yin davomida 3,5 ta / 31,4% aniqlikda).

Odil Hamrobekov ("Bunyodkor")

Hamrobekov "Navbahor"dan ketgach, aynan "Bunyodkor"ga o'tgani ko'pchilikni hayratga soldi. Hatto "qaldirg'ochlar"ning bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev "Fint To'raev" podkastida shunday dedi: "Ochig'i, Odilning bizga o'tganiga o'zim ham hayron qoldim. Mashg'ulotlarda unga: "Jamoamizda sening borliging biz uchun haqiqiy imtiyoz", derdim. U yuqori darajadagi futbolchi". 


Hamrobekov Superligadagi barcha 15 ta o'yinda to'liq o'ynadi. U bir necha bor jamoani sardorlik bog'ichi bilan maydonga olib chiqdi. Odil O'zbekiston chempionatida eng kuchli besh o'yinchi qatoriga kiradi. U to'p uzatishlar soni bo'yicha (har o'yinda 934 ta yoki 59,2 ta), maydonning oxirgi uchdan bir qismida uzatmalar (168 ta yoki 10,7 ta, ularning 78 foizi aniq) va oldinga yo'naltirilgan uzatmalar (har o'yinda 178 ta yoki 11,3 ta) bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarga ega. Shuningdek, u himoyaviy yakkama-yakka kurashlar (har o'yinda 121 ta yoki 7,7 ta) va to'pni olib qo'yish (har o'yinda 86 ta yoki 5,5 ta) bo'yicha ham ajralib turadi.

Marko Stanoevich ("Dinamo")

Tajribali serbiyalik veteran "Nasaf"ga kerak bo'lmay qoldi va 5 yildan so'ng Qarshi klubini tark etdi. Biroq Stanoevich bu yil medallar uchun kurashmoqchi bo'lgan "Dinamo"ga asqotdi. 37 yoshli yarim himoyachi bir necha bor markaziy himoyachi o'rnida ham to'p tepdi. U jamoani boshqaradigan "murabbiy"ga aylanib, samarqandliklarga qimmatli tajriba olib keldi. Marko 15 ta o'yin (12 tasi asosiy tarkibda) o'tkazib, bitta gol urdi. Stanoevich to'pni maydon tashqarisidan uzatish (har o'yinda 23 ta yoki 1,9 ta), uzoq masofali uzatmalar (har o'yinda 143 ta yoki 11,9 ta) va maydonning uchinchi qismiga uzatmalar (134 ta yoki 11,1 ta) bo'yicha Superliganing eng kuchli 5 ta o'yinchisi qatoriga kiradi. 

Doniyor Abdumannopov ("Andijon")

"Andijon" Superliganing birinchi davrasi davomida beqaror o'yin ko'rsatdi. Jamoa mavsum boshlanishidan oldin transfer kampaniyasini muvaffaqiyatsiz o'tkazdi. Barcha yangi kelganlar orasida Doniyor Abdumannopov o'zini yaxshiroq namoyon etdi. U jamoaning asosiy etakchilaridan biri bo'lib, hujumda ko'p narsa unga bog'liq. 14 ta o'yinda u uchta gol urib, bitta golli uzatma amalga oshirdi. Birinchi davra yakuniga ko'ra, "Andijon"da faqat Bektemir Abdumannonov (4+2) undan ko'proq samarali harakat qildi. Doniyor zarbalar soni (har o'yinda 22 ta yoki 2 ta) va aldab o'tishlar (har o'yinda 82 ta yoki 7,5 ta, 48,8% muvaffaqiyatli) bo'yicha Superliganing eng yaxshi o'yinchilari qatoriga kiradi. Bundan tashqari, Abdumannopov uchta gol oldi uzatmasi berdi va OKMK qanot hujumchisi Nodir Abdurazzoqov bilan birga bu ko'rsatkich bo'yicha Superliganing eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.

Oybek O'rmonjonov ("Dinamo")

2025 yilgi mavsumning eng asosiy kashfiyotlaridan biri bo'lgan O'rmonjonov "Dinamo"ga o'tishidan oldin Superligada faqatgina uchta o'yin o'tkazgan edi (o'tgan yili "Olimpik" safida). Samarqand klubi, ehtimol, Oybekni "kelajak uchun" jalb qilgandi, biroq 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi darhol asosiy tarkibdan joy oldi. O'rmonjonovning Superligadagi o'yinlar soni 15 ta (shundan 6 tasi asosiy tarkibda), 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma bergan. U natijadorlik bo'yicha eng ko'p ball to'plagan futbolchilar ro'yxatidagi eng yosh vakil hisoblanadi. Oybek o'rtacha 90 daqiqada kutilayotgan gollar va golli uzatmalar ko'rsatkichi (0,35), darvozaga zarba berish (o'rtacha har o'yinda 2,7), to'p oshirish (har o'yinda 2,8) va aylanib o'tishlar (har o'yinda 3,9) bo'yicha eng yaxshilar qatoriga kiradi.

Igor Sergeev va Alisher Odilov kabi futbolchilar ham "qishki transferlar" qatoriga kiradi. Biroq biz ular haqida 2025 yilgi mavsumning birinchi qismida Superliganing eng yaxshi 10 ta futbolchisiga bag'ishlangan maqolamizda allaqachon yozgan edik.

 

Muallif: Nikolay Egorichev

P.S. Tahririyat fikri muallif fikriga mos kelmasligi mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
13 iyu 18:48:13
Неф69
Javlonbek Abduroupov foydalanuvchining fikriga javob berish
Нега руйхатда Жамшид Искандеров ва Аброр Исмоилов йук? Жамшид ва Аброр Нефтчига Иброхимхалилдан кам булмаган фойдаси тегябди бу 3 футболчи хозир Нефтчини лидерлари
Сайт Нефтчини ёмон курадида,айникса Машъалга юткизганда яйраворишганди,хаммасидан,хатто коровул Шерматдан хам,магазинчи Гайбулладан хам интервью олиб.
   
13 iyu 16:37:52
Javlonbek Abduroupov
Нега руйхатда Жамшид Искандеров ва Аброр Исмоилов йук? Жамшид ва Аброр Нефтчига Иброхимхалилдан кам булмаган фойдаси тегябди бу 3 футболчи хозир Нефтчини лидерлари
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика